Laringoskopiya (laringo... va ...skopil) — maxsus asbob — laringoskop yordamida hiqildoqni ogʻiz boʻshligʻi orqali tekshirish usuli. L. bevosita va bilvosita qilinadi. Bilvosita L. metall tayoqchaga mahkamlab qoʻyiladigan, gardishi ham metalldan boʻlgan yumaloq hiqildoq koʻzgusi (diametri 15—30 mm) orqali amalga oshiriladi. L.ni vrach bajaradi, bunda yorugʻlik nuri shifokor peshonasiga taqib olgan reflektorga tushib, ogʻizga kiritilgan koʻzguga qaytadi, ana shunda hiqildoqdagi bor illat roʻyirost koʻrinadi. Bevosita L.da koʻpincha jarrohlik operatsiyalaridan oldin maxsus asbob — laringoskop bilan hiqildoq va traxeyaning yuqori qismi koʻzdan kechiriladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil