Laskovaya moya

Chay vdvoyom dueti qoʻshigʻi (2001)

Laskovaya moya“ (ruscha: Ласковая моя, yaʼni „Mening yoqimtoyim“) — „Chay vdvoyom“ rus dueti ijro etgan qoʻshiq. 2001-yil chiqarilgan. Taronaning ikki xil remiksi guruhning 2002-yil chiqarilgan „Laskovaya moya“ albomiga kiritilgan. Shuningdek, qoʻshiq guruhning 2005-yil chiqarilgan „Utrennyeye chayepitiye“ albomiga ham kiritilgan. Qoʻshiq kuyini guruh aʼzosi Denis Klyaver bastalagan, matnini esa guruhning ikkinchi aʼzosi Stas Kostyushkin yozgan[1].

„Laskovaya moya“
„Chay vdvoyom“ qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 2001
Yozib olingan 2001
Davomiyligi 3:59
Klipi
„Laskovaya moya“ YouTubeda

„Laskovaya moya“ duetning eng keng tanilgan taronalaridan biri boʻlib, guruhga katta shuhrat olib kelgan. Olti yil davomida ijod qilib kelgan duet aynan shu tarona eʼlon qilinishi ortidan Rossiyada va qoʻshni mamlakatlarda keng ommaga tanilgan[2]. 2001-yil „Chay vdvoyom“ qoʻshiq uchun „Zolotoy grammofon“ mukofoti bilan taqdirlangan.

Manbalar tahrir

  1. „Песня года 2001 (часть 2) / Леонид Агутин, Витас, Катя Лель, Андрей Губин и др.“. YouTube (12-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 2-oktabr 2022-yil.
  2. „История песни «Ласковая моя»“ (ruscha). Radio dacha (15-mart 2013-yil). 2022-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-oktabr 2022-yil.

Havolalar tahrir