Lassana Camará
Lassana Camará (1991-yil 29-dekabr, Bisau, Gvineya-Bisau) – gvineya-bissaulik futbolchi, markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Shuningdek, Lassana Portugaliya fuqaroligiga ega[2].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Lassana Camará[1] | ||
Tavallud sanasi | 29-dekabr 1991-yil[1] | ||
Tavallud joyi | Bisau, Gvineya-Bisau[1] | ||
Boʻyi | 1.70 m[1] | ||
Ampluasi | markaziy yarim himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2006–2010 | Benfica | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2010–2011 | Benfica | 0 | (0) |
2010–2011 | → Servette | 7 | (0) |
2011–2012 | Valladolid | 2 | (0) |
2012–2013 | Académica | 0 | (0) |
2014 | Botafogo-BA | ||
2014–2015 | Braga B | 21 | (0) |
2016–2017 | Académico Viseu | 10 | (0) |
2017–2018 | Leixões | 1 | (0) |
2018 | Olhanense | 3 | (0) |
2019 | Gloria Buzău | 1 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2007–2008 | Portugaliya U17 | 3 | (0) |
2008–2010 | Portugaliya U19 | 32 | (2) |
2011 | Portugaliya U20 | 13 | (0) |
2011 | Portugaliya U21 | 3 | (1) |
2014– | Gvineya-Bisau | 3 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2019-yil 9-dekabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2017-yil 25-mart uchun) |
Klubdagi faoliyati
tahrirLassana Bisau shahrida tugʻilgan, S. L. Benfika akademiyasida toʻrt yil tahsil oldi va oʻsmirlikdagi soʻnggi mavsumida 33 oʻyinda ikkita gol urdi. Lassana oʻzining professional faoliyatini Shveysariyaning Servette klubida boshladi. 2010-yilgi 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida jarohat olgani sababli, faqat 2011-yil yanvarida musobaqalarga qaytdi. Sobiq Benfika oʻyinchisi va uning yoshlar jamoasi murabbiyi boʻlgan Joao Alves boshchiligidagi jamoa Super Ligaga koʻtarilgan mavsumda, Lassana ikkinchi divizionda atigi 257 daqiqa maydonda boʻldi.
Lassana 2011-yilning 9-iyulida Ispaniyaning Real Valyadolid klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi[3]. Uning birinchi va yagona mavsumi yakunida klub ikki yillik tanaffusdan soʻng La Ligaga qaytdi, biroq Lassana atigi 33 daqiqa maydonda toʻp surdi. Keyinchalik, rahbariyat va direktorlar kengashi bilan bir qator kelishmovchiliklar tufayli Lassana klubni tark etdi[4][5].
2014-yilning 30-avgustida, deyarli ikki yil davomida biror klubga aʼzo boʻlmagan va Braziliyada qisqa muddat oʻynagan Lassana, S. C. Braga jamoasiga qoʻshildi hamda Segunda Ligasida zaxira jamoasi tarkibiga kiritildi[6]. Lassana keyingi yillarda ham oʻsha darajada qoldi, Académico de Viseu FC va Leixões SC klublari safida ham juda kam oʻyinda maydonga tushdi[7].
Lassana 2019-yilning yanvar oyi oxirlarida Ruminiyaning III ligasidagi SCM Gloria Buzău jamoasiga oʻtib ketdi[8].
Milliy terma jamoadagi faoliyati
tahrirLassana Portugaliya yoshlar terma jamoasi tarkibida jami 51 ta oʻyin oʻtkazdi, shundan 13 tasi 20 yoshgacha boʻlganlar jamoasi safida. Lassana 2011-yilgi FIFA Jahon chempionatida uchta oʻyinda maydonga tushdi va jamoasining finalga chiqishiga yordam berdi[9][10].
Lassana 2014-yilda Gvineya-Bissau milliy terma jamoasi safiga qoʻshildi va 2-avgust kuni oʻzining ilk oʻyinini oʻtkazdi. Lassana 2015-yilgi Afrika Millatlar Kubogi saralash bosqichi doirasida Botsvana bilan boʻlib oʻtgan va 1:1 hisobida yakunlangan uy oʻyinida 59 daqiqa oʻynadi[11].
Yutuqlari
tahrirKlub
tahrirGloria Buzău
- Liga III: 2018—2019
Xalqaro
tahrirPortugaliya U20
- FIFA U-20 jahon chempionati ikkinchi oʻrin: 2011[9]
Orden
tahrir- Shahzoda Genrix ordeni[12]
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Sana“ (Portuguese). Mais Futebol. Qaraldi: 2021-yil 17-mart.
- ↑ „Presidente Cavaco Silva condecorou selecção nacional de futebol sub-20“ (Portuguese). Arquivo Presidência (2011-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 16-mart.
- ↑ „Sana: "Voy a demostrar por qué el Real Valladolid ha confiado en mí"“ (Spanish). El Norte de Castilla (2011-yil 10-iyul). Qaraldi: 2012-yil 26-oktyabr.
- ↑ „Saná y Manucho, ausencias inesperadas en el regreso al trabajo“ (Spanish). Marca (2011-yil 27-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 29-mart.
- ↑ „Djukic propaga su filosofía en las dos orillas del Pisuerga“ (Spanish). Mundo Deportivo (2012-yil 17-iyun). Qaraldi: 2018-yil 29-mart.
- ↑ „Saná no SC Braga“ (Portuguese). International Foot (2014-yil avgust). Qaraldi: 2014-yil 31-avgust.
- ↑ Lopes. „Sana no Leixões por duas épocas“ (Portuguese). Sou Djurtu (2017-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 17-mart.
- ↑ Pițigoi. „EXCLUSIV | A pierdut finala CM de fotbal în faţa Braziliei, iar acum îşi relansează cariera în Crâng. Fotbalistul pe care Casemiro nu l-a impresionat“ (Romanian). Buzaul Sportiv (2019-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 17-mart.
- ↑ 9,0 9,1 „Oscar treble wins thrilling final for Brazil“. FIFA (2011-yil 20-avgust). 2015-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-fevral.
- ↑ Da Cunha. „Caetano desistiu aos 29 anos. E os outros heróis do Mundial2011 sub20?“ (Portuguese). Mais Futebol (2021-yil 14-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 17-mart.
- ↑ „Guinea Bissau 1–1 Botswana“. African Soccer Weebly (2014-yil 2-avgust). 2014-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-avgust.
- ↑ „Ordens Honoríficas Portuguesas“ (Portuguese). President of Portugal. Qaraldi: 2021-yil 16-mart.