Lata Mangeshkar (1929.28.9, Hindiston, Madhya Pradesh shtatining Indour shahri) — hind xonandasi. Sangit Natak akademiyasining faxriy doktori (1989). Nihoyatda jozibali, maftunkor, mayin va keng diapazonli ovoz sohibasi. L.M. 9 yoshidan katta sahnalarda xonanda sifatida tanilgan. 1941-yilLahor shahrida „Art Pikchers“ kinostudiyasi tanlovida gʻolib chiqib, kinofilm qoʻshiqlarini ijro eta boshlagan. Jami 1000 ga yaqin (shu jumladan, „Bayju Bavra“, „Barsat“, „Tojmahal“, „Gang daryosi oqqan mamlakatda“, „Daydi“, „Janob 420“, „Yangi Dehli“, „Sangam“, „Mening ismim masharaboz“ va boshqalar) film qoʻshiqlarini katta mahorat, nozik did bilan ijro etgan. Konsert dasturlaridan hind mumtoz (ishqiy „gʻazal“, diniy „bqojon“ va boshqalar), oʻzga xalq (urdu, panjob, bengal, tamil, telugu va boshqalar)lar va zamonaviy mualliflar qoʻshiqlari oʻrin olgan. Hindistonning eng oliy — „Padma Bhushan“, „Dada Sahib Phalke“ davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. Jahon boʻylab gastrolda boʻlgan (jumladan, Oʻzbekistonda ham, 1968).[1]

Lata Mangeshkar
Tavalludi 28-sentyabr 1929-yil
Vafoti 6-fevral 2022-yil(2022-02-06)
(92 yoshda)
Mumbay
Fuqaroligi Hindiston
Otasi Deenanath Mangeshkar
Mukofotlari Faxriy legion ordeniAndoza:Bharat ratna ordeniAndoza:Padma bhushan ordeniAndoza:Padma vibhushan ordeni

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil