Laura Allende Gossens (talaffuzi: Laura Allende Gossens, 1911-yil 3-sentyabr, Valparaiso, Chili – 1981-yil 23-may, Gavana, Kuba) – chillik siyosiy arbob. U 1964—1973-yillarda Chili Respublikasi Deputatlar palatasining aʼzosi boʻlgan. Laura Salvador Allendening opasi va Paskal Allendening onasi[1].

Laura Allende
Tavalludi
Laura Allende Gossens

1911-yil 3-sentabar
Vafoti 1981-yil 23-may
 Kuba
Kasbi Siyosatchi
Otasi Salvador Alende Kastro
Onasi Laura Gossens Uribe

Biografiyasi

tahrir

Laura nufuzli chililik huquqshunos Salvador Alende Kastro va Laura Gossens Uribening oilasidagi oltinchi, shu bikan birga bu oilaning kenja farzand edi. Vinya-del-Mardagi Valparaiso-Viña del Mar kollejini tugatgach, Valparaisodagi Chili universiteti filialining huquqshunoslik fakultetiga oʻqishga kirgan. Siyosiy faoliyatini boshlashdan oldin Mis ishlari departamentida (keyinchalik Mis korporatsiyasiga aylangan) 10 yil ishlagan[1].

Akasi Salvador singari, Laura ham sotsialistik qarashlarni qoʻllab-quvvatlar va Chili Sotsialistik partiyasining yoshlar qanotiga aʼzo boʻlgan, keyinchalik esa uning Markaziy qoʻmitasi aʼzoligiga koʻtarilgan. Chili Sotsialistik partiyasi, keyinchalik uning Markaziy qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan. U uch marta (1965, 1969 va 1973-yillarda) Deputatlar palatasi aʼzosi etib saylangan boʻlib, ish joyida ayollar harakati va shahar qurilishi masalalari bilan shugʻullangan. 1973-yilgi harbiy toʻntarishdan soʻng, boshqa soʻl siyosatchilar qatori hibsga olinib, qizi Marianna bilan birga konslagerga joʻnatilgan va u yerda ikki yillik qamoq jazosini oʻtagan. 1976-yilda Meksikaga koʻchib oʻtgan, soʻngra Mekiskadan Kubaga yoʻl olgan. Qamoqdan keyin sogʻligʻi sezilarli darajada yomonlashgan, tekshiruvlar uning saraton kasalligiga chalinganligini koʻrsatgan. Bu kasallik uning Chiliga qaytish haqidagi iltimosi harbiy xunta tomonidan rad etilgandan soʻng yanada kuchaygan. 1981-yil 23-mayda Fidel Kastro nomiga xayrlashuv maktubi qoldirib (unda oʻz harakatini na vataniga qaytishi, na davolanish uchun AQShga borishi mumkin emasligi bilan izohlagan), Gavanadagi „Rivyera“ mehmonxonasida oʻz joniga qasd qilgan[2].

Chilida demokratiya tiklanganidan soʻng, uning jasadi vataniga qaytarilgan va 1988-yil 28-avgustda Santyago umumiy qabristonidagi Alende oilasi xotirasiga bagʻishlangan yodgorlikka dafn etilgan. Laura Gaston Paskal bilan turmush qurgan boʻlib, nikohdan toʻrt farzand koʻrgan (oʻgʻillari Pedro va Paskal, keyinchalik MIR tashkilotining asoschisi va yetakchilaridan biriga aylangan, qizlari Deniz va Marianna Sotsialistik partiyada deputat boʻlgan).

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Laura Allende Gossens“ (es). Andoza:Нп3. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-sentyabr.
  2. „Laura Allende dejó una carta a Fidel Castro explicando su suicidio“. El Pais (1981-yil 26-may). 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-sentyabr.