Laura Bretan (inglizcha: Laura Bretan; tugʻ. 2002-yil 7-aprel, Illinoys, Chikago) — amerikalik opera qoʻshiqchisi. U 2016-yilda "Amerikaning iqtidorlilari" koʻrsatuvining 11-mavsumidagi ishtiroki bilan tanilgan va u yerda 6-oʻrinni egallagan. Shuningdek, Laura 6 yoshida qoʻshiq aytishni boshlagan.

Biografiya tahrir

Laura Bretan Illinoys shtatining Chikago shahrida ruminiyalik oilada tavallud topgan. 6 yoshida qoʻshiq aytishni boshlagan. U qoʻshiq aytishni onasidan oʻrgangan. 8 yoshida esa Laura ota-onasi aʼzo boʻlgan Elim Ruminiya Pentikostali cherkovida qoʻshiq kuylashni boshlagan[1].

Martaba tahrir

Amerikada iqtidor bor tahrir

Lauraning tinglovi isteʼdodlar shousining 1101-nashrida boʻlib oʻtdi, u yerda u Giakkomo Puchinining „Tarandot“ asaridan „Nessun dorma“ ni ijro etdi[2]. Spektakl Saymon Kouell, Heidi Klum, Mel B va Xoui Mandel tomonidan olqishlarga sazovor boʻldi. Lauraning chiqishlaridan hayajonlangan Mel B oltin tugmani bosib, Laurani chorak finalga yoʻlladi.

2016-yil 26-iyul kuni Laura Bretani oʻzining birinchi jonli ijrosini namoyish etdi va tomoshabinlar ovozi yordamida yarim finalga chiqdi[3]. Keyinchalik u yana bir muvaffaqiyatli chiqish qildi, lekin tomoshabinlar ovozini oʻtkazib yubordi va Dunkin Save uchun saralashdan oʻta olmadi. Biroq Bretani hakamlar tomonidan tanlanib, finalga chiqdi. U yerda Laura „O mio babbino caro“ ni ijro etdi va yakunda umumiy hisobda 6-oʻrinni egalladi[4].

Ruminiyada iqtidor bor tahrir

2016-yil yanar oyida Laura Ruminiyani iqtidorlilari[5][6] shousida ishtroik etib gʻolib chiqdi.

Manbalar tahrir

  1. Ong, Czarina „13-year-old Pentecostal girl wows judges, audience on 'America's Got Talent' with her operatic performance“. Christian Today (2016-yil 8-iyun). 2018-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-iyun.
  2. Anthony Ying „America's Got Talent 2016 Laura Bretan 13 y.o. Belts Out An Amazing Nessun Dorma Full Audition“ (2016-yil 1-iyun). 2019-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
  3. https://www.romania-insider.com/laura-bretan-winner-romanias-got-talent
  4. https://www.youtube.com/watch?v=O8eza26dQds
  5. Romania Insider. „Who is Laura Bretan, the winner of this year’s Romania's Got Talent?“. Irina Popescu. 2018-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-iyun.
  6. „Laura Bretan’s singing technique ʻraises deep concerns’ says singing teacher“. Classic fm (2015-yil 14-sentyabr). 2018-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-aprel.