Lauren Duca
Lauren Duca(1991-yil 24-fevralda tugʻilgan) — amerikalik mustaqil jurnalist, feminist[1] va siyosiy sharhlovchi.[2] U dastlab Teen Vogue jurnalida ishlagan, u yerda 2017-yildan 2018-yilgacha „Tigh High Politics“ nomli rukni boʻlgan. Uning „Inqilobni qanday boshlash kerak“ (2019)nomli kitobi yoshlar va Amerika siyosatining kelajagi haqida edi.[3]
Lauren Duca | |
---|---|
Tavalludi |
24-fevral 1991-yil Nyu-York,AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Jurnalist |
Faoliyat yillari | 2016-hozirga qadar |
Yoshlik yillari va taʼlim
tahrirDuca Nyu-York shahrida tugʻilgan va Nyu-Jersi shtatining badavlat shaharchasida oʻsgan. Uning ota-onasi Nyu-Jersida yashaydi va uning bitta ukasi bor.[4]
2013-yilda Duca Fordham universitetining ingliz tili filologiyasi boʻyicha bakalavr darajasini tamomlagan.[5] 2015-yilda Duca Nyu-York universitetida jurnalistika va tanqidiy nazariya boʻyicha magistrlik darajasini oldi.[6]
Faoliyati
tahrir2013-yilda Duca Nyu-York jurnalida onlayn tahririyatda stajyor sifatida ish boshladi. 2013-yildan 2015-yilgacha Duca The Huffington Post gazetasida muxbir sifatida ishlagan. 2015-yilda u mustaqil muxbir sifatida faoliyatini boshladi, koʻpincha Teen Vogue uchun yozadi.
2016-yil dekabr oyida Duca Teen Vogue jurnalida chop etilgan „Donald Tramp Amerikani yoritmoqda“[7][8] deb nomlangan maqolasi bilan eʼtiborni tortdi. 2016-yil 23-dekabr holatiga koʻra insho 1,2 million marta jurnalning eng koʻp koʻrilgan postiga aylandi.[9][10][11]
Duca oʻzining 2017-yil fevral oyida boshlangan Teen Vogue jurnalidagi yangi ruknini[12] „Tigh-High Politics“ deb nomladi.[13] U, shuningdek, 2017-yil iyul oyida „I like my politics thigh-high“(Menga oʻz siyosatim juda yoqadi) degan iborali futbolka ishlab chiqdi va har bir koʻylakdan tushgan 32 dollarlik daromadni Carlson nomidagi „ Planned Parenthood“ga xayriya qildi.[14] 2017-yil dekabr holatiga koʻra 10 000 dollardan ortiq mablagʻ toʻplangan.[15]
2019-yil sentyabr oyida Duka oʻzining birinchi kitobini chiqardi, u „ Inqilobni qanday boshlash kerak: yoshlar va Amerika siyosatining kelajagi“ deb nomlangan.[16]
Shaxsiy hayoti
tahrirDuca Bruklinda[17] uy hayvoni Shiba Inu Demi bilan yashaydi.[18] Duca Kris Flemingga turmushga chiqdi,[19][20] lekin 2019-yil 13-yanvarda Twitterʼda eri bilan ajrashayotgani haqida eʼlon qildi.2020-yil 5-sentyabrda ikkinchi turmushini eʼlon qildi.[21]
Manbalar
tahrir- ↑ Sanci, Elissa. „Lauren Duca On Going Viral and Standing Your Ground: BUST Interview“ (en-gb). Bust (2017-yil 6-mart). 2022-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
- ↑ Dodes, Rachel. „Even the Teen Vogue Writer Who Took On Trump Gets Stage Fright“. The New York Times (2017-yil 27-yanvar).
- ↑ Koul, Scaachi. „How Did Lauren Duca's Revolution Backfire?“. BuzzFeed (2019-yil 17-sentyabr).
- ↑ Duca, Lauren. „Lauren Duca wants to change how women talk about politics“ (video interview). Quartz (2018-yil 19-iyun).
- ↑ Loizzo-Desai, Alexandra. „20 in Their 20s: Lauren Duca“. Fordham Magazine. Fordham University (2017-yil 29-iyun).
- ↑ Dzikowski, Jennifer. „Lauren Duca: 5 Fast Facts You Need to Know“ (en). Heavy.com (2017-yil 8-yanvar).
- ↑ North, Anna. „Opinion: The Teen's Guide to the Trump Presidency“. The New York Times (2016-yil 19-dekabr).
- ↑ Peterson, Lisa. „Lauren Duca Talks Sexism, Trolls, and the Importance of Being "Defiantly Confident"“. PopSugar (2017-yil 27-iyul).
- ↑ Folkenflik, David. „Trump Essay Signals Shift In Approach For 'Teen Vogue'“ (en) (Audio includes transcript). All Things Considered. NPR (2016-yil 23-dekabr).
- ↑ Stern, Mark Joseph. „Teen Vogue's Fiery Trump Takedown Shouldn't Be a Surprise. Teen Vogue Rocks“. Slate (2016-yil 12-dekabr).
- ↑ Gilbert, Sophie. „Teen Vogue's Political Coverage Isn't Surprising“. The Atlantic (2016-yil 12-dekabr). 2016-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-sentyabr.
- ↑ Sanci, Elissa. „Lauren Duca On Going Viral and Standing Your Ground: BUST Interview“ (en-gb). Bust (2017-yil 6-mart). 2022-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
- ↑ Ellefson, Lindsey. „Lauren Duca Launches Teen Vogue Column, Calls It 'Thigh-High Politics' in Honor of Tucker Carlson“ (en). Mediaite (2017-yil 24-fevral).
- ↑ Reed, Sam. „Teen Vogue Writer Designs T-Shirt, Donates Profits to Planned Parenthood in Fox News Anchor's Name“ (en). The Hollywood Reporter (2017-yil 17-iyul).
- ↑ Klepper, Dan; Duca, Lauren. „Lauren Duca - Doubting Reality After One Year of Trump“ (Video interview). The Opposition with Jordan Klepper. Comedy Central (2017-yil 14-dekabr). 2021-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
- ↑ Koul, Scaachi. „How Did Lauren Duca's Revolution Backfire?“. BuzzFeed (2019-yil 17-sentyabr).
- ↑ Adams, Margaret. „14 Couples Share How They Actually Met, Just in Time for Valentine's Day“. New York Observer (2017-yil 14-fevral).
- ↑ Dodes, Rachel. „Even the Teen Vogue Writer Who Took On Trump Gets Stage Fright“. The New York Times (2017-yil 27-yanvar).
- ↑ Dzikowski, Jennifer. „Lauren Duca: 5 Fast Facts You Need to Know“ (en). Heavy.com (2017-yil 8-yanvar).
- ↑ „Meet Lauren Duca — Former 'Teen Vogue' Columnist Whose Entire NYU Class Filed Complaint Against Her“ (en). YourTango (2019-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 16-oktyabr.
- ↑ @laurenduca. „Some personal news 💍🌈💍“.