Laurent Depoitre (talaffuzi: Loran Depoitre; 1988-yil 7-dekabrda Belgiyada tugʻilgan) — belgiyalik futbolchi, „Gent“ futbol klubi hujumchisi. Belgiya terma jamoasida oʻynagan.

Laurent Depoitre
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Laurent Depoitre[1]
Tavallud sanasi 7-dekabr 1988-yil (1988-12-07) (36 yosh)
Tavallud joyi Tournai, Belgiya
Boʻyi 1.91 m (6 ft 3 in)
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Gent
Raqami 29
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1995—2001 AS Montkainoise
2001—2003 Excelsior Moeskroen
2003—2005 R. F. C. Tournai
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005—2007 R. F. C. Tournai 31 (12)
2007—2009 RRC Péruwelz 43 (16)
2009—2012 Eendracht Aalst 69 (25)
2012—2014 KV Oostende 62 (20)
2014—2016 Gent 58 (24)
2016—2017 Porto 7 (1)
2017—2019 Huddersfield Town 56 (6)
2019— Gent 45 (10)
Milliy terma jamoa
2015 Belgiya 1 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(25-may uchun)

Klublardagi faoliyati

tahrir
 
„Gent“ futbol klubi safida

Depoitre oʻz shahrining „Tournai“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2005-yilda u professional faoliyatini boshlagan, faoliyatining boshida u quyi divizion jamoalari hisoblangan „Péruwelz“ va „Eendracht Aalst“ futbol klublarida oʻynagan. 2012-yilning yozida Loran „Ostend“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 22-avgust kuni „Sent-Truiden“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan[2]. 28-oktyabr kuni Bryusselning „White Star“ jamoasiga qarshi kechgan bahsda Depoitre „Ostend“ futbol klubi safidagi birinchi golini urgan[3]. 2013-yilning 27-iyulida Loran „Genk“ futbol klubiga qarshi Jupil ligada debyut qilgan[4]. 15-sentyabr kuni „Standard“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda u klub safida yuqori ligadagi ilk golini urgan[5].

2014-yilning yozida Depoitre „Gent“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 26-iyul kuni „Cercle Brugge“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u ikkinchi boʻlimda Devid Pollet oʻrniga maydonga tushgan va debyut uchrashuvini oʻtkazgan[6]. 3-avgust kuni „Mechelen“ futbol klubiga qarshi bahsda Loran „dubl“ni amalga oshirgan va „Gent“ futbol klubi uchun birinchi gollarini urgan[7]. 2015-yilda u jamoaning tarixda birinchi marta chempion boʻlishiga yordam bergan. 16-iyul kuni Belgiya Superkubogi uchun „Brugge“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Depoitre yagona golga mualliflik qilgan[8]. 9-dekabr kuni Chempionlar ligasi doirasida Sankt-PeterburgningZenit“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Loran gol urgan[9].

Xalqaro faoliyati

tahrir

2015-yilning 10-oktyabr kuni Depoitre Belgiya terma jamoasi safida Andorraga qarshi 2016-yilgi Yevropa chempionati saralash o‘yinida debyut qilgan[10]. Oʻsha oʻyinda u terma jamoadagi ilk golini urgan.

Statistika

tahrir
Jamoa Mavsum Liga Kubok UEFA Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
S. C. Eendracht Aalst  Belgiya 2010—2011 14 8 2 1 16 9
2011—2012 33 8 33 8
Jami 47 16 2 1 49 17
K. V. Oostende  Belgiya 2012—2013 34 14 5 2 39 16
2013—2014 31 7 6 3 37 10
Jami 65 21 11 5 76 26
K. A. A. Gante  Belgiya 2014—2015 35 13 5 1 40 14
2015—2016 35 14 5 1 7 1 47 16
2016—2017 2 0 1 1 3 1
F. C. Porto  Portugaliya 2016—2017 7 1 5 1 1 0 13 2
Jami 7 1 5 1 1 0 13 2
Huddersfield Town A. F. C.  Angliya 2017—2018 33 6 2 0 35 6
2018—2019 23 0 2 0 25 0
Jami 56 6 4 0 60 6
K. A. A. Gante  Belgiya 2019—2020 22 8 1 0 12 7 35 15
2020—2021 23 2 1 0 4 0 28 2
2021—2022 25 10 4 1 13 1 42 12
Jami 142 47 16 3 37 10 195 60
Umumiy faoliyatida 317 91 38 10 38 10 393 111

Manbalar

tahrir
  1. „Squads for 2017/18 Premier League confirmed“. Premier League (2017-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 9-sentyabr.
  2. „Сент-Трюйден VS. Остенде 3:1“ (en). soccerway.com (2012-yil 22-avgust). 2018-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-sentyabr.
  3. „Остенде VS. Уайт Стар Брюссель 2:1“ (en). soccerway.com (2012-yil 28-oktyabr). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-sentyabr.
  4. „Генк VS. Остенде 3:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 27-iyul). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-sentyabr.
  5. „Остенде VS. Стандард Льеж 2:4“ (en). soccerway.com (2013-yil 15-sentyabr). 2016-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-sentyabr.
  6. „Серкль Брюгге VS. Гент 0:0“ (en). soccerway.com (2014-yil 26-iyul). 2014-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-sentyabr.
  7. „Гент VS. Мехелен 3:1“ (en). soccerway.com (2014-yil 3-avgust). 2016-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-sentyabr.
  8. „Гент VS. Брюгге 1:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 16-iyul). 2021-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-sentyabr.
  9. „Гент VS. Зенит Санкт-Петербург 2:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 9-dekabr). 2015-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-dekabr.
  10. „Андорра VS. Бельгия 1:4“ (ru). soccerway.com (2015—10—10). 2018-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-oktyabr.