Semyon Lavochkin
(Lavochkin Semyon Alekseyevichdan yoʻnaltirildi)
Semyon Alekseyevich Lavochkin [1900. 29.8(11.9), Smolensk - 1960.9.4, Moskva] — rus aviakonstruktori, muhandis-texnik xizmati general-mayori (1944), ikki marta Mehnat Qahramoni (1943, 1956). Moskvadagi Oliy texnika bilim yurtini tugatgan (1927). Samolyotsozlik boʻyicha bosh konstruktor (1935-yildan). Uning rahbarligida LaGG-3 (1940), La-5 (1942), La-7 (1944) qiruvchi samolyotlar yaratildi. Keyinchalik L. tovushdan tez uchadigan La-190 va istalgan ob-havo sharoitida uchadigan La-200 reaktiv qiruvchi samolyotlarini yaratdi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |