Lavsan — polietilentereftalatdan olinadigan sintetik tola. Zichligi 1380 kg/m3, — 60° gacha elastik, pishik,, namni kam yutadi, issiqqa yaxshi chidaydi. L.dan gazlama, elektr izolyasion materiallar, filtrlar, tasma, baliq ovlash toʻri va boshqa tayyorlanadi. Polshada elana, Angliyada terilen, AQShda dakron, Yaponiyada tetoron, Germaniyada diolen va Fransiyada tergal deb ataladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil