Laylo Ahyalya- Abdulloh ibn Rahhol ibn Shaddod ibn Kaʼb ibn Muoviyaning qizi.

=== Hayoti va ijodi ===

I asrda yashagan musulmon shoiralardan boʻlib, Banu Axil qabilasiga mansubdir. Laylo Ahyalya uzun boʻyli, chiroyli qadam tashlab yuradigan, husnu jamoli shoiraligiyu fasohatiga mutanosib edi. Oʻzining futuvvati va nomusliligi bilan mashhur boʻlgan qabiladoshi Tavba ibn Xumayr ibn Hazm bilan oʻrtalarida muxabbat bor edi. Shuningdek, ularning bir-birlari haqida yozgan sheʼrlari ham koʻp. "Banu Avf tarafidan Tavba qatl etilganida Layloning yozgan marsiyalari favqulodda shuhrat qozonadi. " Tavba Layloga uylanishga har qancha harakat qilsa ham, arablar orasida qizining nomini chiqarmaydigan kishi (kambagʻal)ga qiz berish odat boʻlmagani sabab u bu baxtga erisha olmaydi.

Dunyoning bevafoligi sabab Laylo Hajjoji zolimni ham maktab qasida yozishga majbur boʻlgan ekan. U 88 yili vafot etgan.
Tavba xalq orasida pokligi bilan tanilgani bois "Yigitlarning yigiti" deya mashhur ekan. U Laylo haqida: "Agar Laylo bilan birga gunoh ish qilgan boʻlsam, tuyalarni qurbon qilish zimmamga tushsin. Layloni koʻrib: "Salomat boʻl!" deya olish odatim. Bunday "Salomat boʻl!" deyishdan zarar bormi?" mazmunidagi misralarni yozgan.

U Hajjoj huzuriga kirganida undan: "Ey Laylo, toʻgʻrisini ayt, yoshligingda Tavba bilan oʻrtangizda shubxali voqea boʻlmaganmi?" deb soʻraganida, Laylo: Bir kecha yolgʻiz qolganimizda Tavbaning bir soʻzidan shubhalangandim va unga ushbu qitʼani soʻzlagandim, deb javob beradi. Sheʼrning mazmuni: "Bunday shubhali soʻzni gapirma! Hayot ekanman, bunga yoʻl yoʻq. Mening oʻz juftim borki, unga xiyonat qilish xo nima ham kelmagan. Sen ham oʻzga bir ayolning juftisan" shundan keyin undan biror shubhali soʻz eshitmadim. Badaviy ayollardagi iffatu shihomatdan ibrat oling!

Manbalar tahrir

[1]

  1. Faxriddin o'g'li, Rizouddin. Laylo Ahyalya. Toshkent: Navro'z, 2019 — 263 bet.