Marsiya
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Marsiya (marsiya) — 1) Yaqin va Oʻrta Sharq poeziyasida adabiy janrlardan biri; 2) biror mashhur kishi yoki keksa oila aʼzosi vafoti munosabati bilan gʻam-alam va hasratni ifodalaydigan xalq ogʻzaki poetik va musiqa ijodiyotining azamotam janri. M. qoʻshiq yoki ashula turi sifatida dafn marosimida hayotdan koʻz yumgan kishining yaxshi hislatlari, ish faoliyatlari, qarindoshlik aloqalari esga olinib erkaklar tomonidan joʻrsiz rechitativ yoki kuychan, ogʻir, mungli ohanglarda aytiladi. M.da xalq soʻzlari, gʻazal, ruboiy, muhammas va boshqa asosida shaxs boshiga tushgan kulfat, yakin kishidan judo boʻlish qismati aks etadi. Ayrim xududlarda, baʼzan esa oilalarda M.ni ayollar ham alohida taʼsirchan va mahorat bilan aytgan. "Sadr"yoki "Jaxr" marosimlarida M. ("aytib yigʻlash" maʼnosida) lar yakin qarindoshlari davrasida hofiz yoki xonanda tomonidan ijro etilgan (ayrim xrlatlarda cholgʻu joʻrnavozligida). Yozma manbalarda M. haqida maʼlumotlar va namunalar berilgan: Narshaxiyning "Buxoro tarixi" kitobida Siyovushga bagʻishlangan M., Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida Alp Ertunga M.si, adabiyotda Alisher Navoiyning ustozi Abdurahmon Jomiyga bagʻishlangan M.si, Hamzaning birinchi oʻzbek aktrisasi Tursunoyga bagʻishlab yozgan M.si, xalq orasida Mulla Toʻychi Hofizga bagʻishlangan M. va boshqa 20-asr oʻzbek adabiyoti va musiqasida M.lar ijod etilgan: Rasul kori Mamadaliyev tomonidan bir necha M.lar yaratilgan; M. Burhonovning "Epitafiya" asari M. shaklida yozilgan. Rustam Abdullayev.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |