Lazy Bitches – rus pank-rok guruhi, 2006-yilda Moskvada tashkil etilgan.

Lazy Bitches
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi Moskva
Mamlakat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Faoliyat yillari 2006—2009
Janr pop-pank, pank-rok
Leybl A-One Records
Tarkib Sergey Nefedov, Andrey Melikov, Dmitriy Spirin, Vasiliy Lopatin
Sobiq aʼzolar Nastya Martinenko, Natasha Ivashkevich
Vebsayt lazybitches.ru

Tarixi

tahrir

Rasmiy tashkil etilgan sanasi 2006-yil 3-may boʻlib, bu kuni guruhning birinchi repetitsiyasi boʻlgan. Guruh tarkibi Nastya Martinenko (bas-gitara, vokal), Natasha Ivashkevich (gitara, bek-vokal) va Sergey Nefedov (baraban)dan iborat.

2006-yil 18-sentyabrda Lazy Bitches guruhi „Tabula Rasa“ klubidaggi xayriya kontsertida ishtirok etadi, bu guruh tarixidagi birinchi ommaviy chiqish boʻlgan. 2006-yil dekabr oyida „Lazy Bitches“ asoschilaridan biri hamda oʻsha paytda koʻpgina qoʻshiqlarning muallifi Nastya Martinenko guruhni tark etadi va Natasha Ivashkevich guruhning yetakchi vokalichisi boʻladi.

Biroz vaqt oʻtgach, musiqachilarga „Tarakani!“ guruhining vokalchisi Dima Spirin oʻz eʼtiborini qaratadi. Dima guruhga qoʻshilib, uning bas-gitarachisi bbas gitara oʻrnini egallab, guruhga qoʻshiladi. 2007-yil 3-mayda Lazy Bitches guruhning bir yilligi munosabati bilan „Niagara“ klubida yangi tarkibi bilan konsert bilan beradi. Andrey Melikovning kelishi esa Spiringa ritm-gitarasiga oʻtishga imkon beradi.

Guruh oʻzining „Stupi and Happy“ nomli birinchi studiyaviy albomini oʻz mablagʻlari hisobidan yozib, 2007-yil oktyabr oyida ommaga taqdim etishadi. 2008-yil 1-martda albom A-One Records leyblida chiqarildi va rasman sotuvga chiqdi[1]. Albom tinglovchilar va tanqidchilar tomonidan iliq kutib olindi[2][3].

2008-yil 28-fevralda Lazy Bitches „A-One“ kanalining „Den artista!“ dasturida ishtirok etishdi. Bu guruhning birinchi televizion konserti boʻlgan[4]. 2008-yil iyul oyida guruh O2TV telekanalidagi „Brat Jivyom“ dasturida chiqish qiladi[5].

2008-yil 11-avgustda Lazy Bitches „Yil kashfiyoti“ nominatsiyasida „RAMP 2008“ mukofotiga nomzod boʻladi[6].

Albomdagi ikkita qoʻshiq „Stupid and Happy“[7] va „Punk Rock Beaver“[8] uchun videokliplar suratga olingan va A-One telekanalida namoyish etiladi. „Punk Rock Beaver“ qoʻshigʻining klipi Uratsakidogi guruhi rahbari Yegor Filippov va Lazy Bitches guruhining birinchi videoklipi rejissyori Yegor Palma tomonidan suratga olingan[9].

2009-yil mart oyida guruhning „Good Luck“ deb nomlangan ikkinchi studiyaviy albomi chiqadi. Debyut nashridan farqli oʻlaroq, barcha Lazy Bitches musiqachilari qoʻshiq yozishda ishtirok etishgan. „Tarakani!“ guruhi aʼzolari tomonidan bir nechta kompozisiyalarda bek-vokal qismlari yozilgan va albomdagi soʻnggi qoʻshiq esa „Chetire Tarakana“ qoʻshigʻining kaveridi. Albom 2008-yil dekabr oyi oxirida ikki kun ichida yozilgan[10].

2009-yil 8-oktyabrda „Monreal“ klubida Ramones guruhining afsonaviy gitarachisining tugʻilgan kuniga bagʻishlangan „Johnny Ramone Birthday Party“ kechasida guruhning yangi „Magic Pills“ qoʻshigʻining premyerasi boʻlib oʻtdi.

2009-yil oxirida vokalchi Natasha Ivashkevich guruhni tark etdi.

Guruh mashhurlikka faqat studiyaviy albomlari bilan emas, balki konsertlar orqali ham erishgan[11][12]. Oʻz qoʻshiqlarini ichiga olgan dasturlarni tashkil etishdan tashqari, guruh kaver konsertlar ham tashkil etgan. „Lazy Bitches @ Rock-n-Roll Radio Live!“ nomli musiqiy dasturda Ramones, Billy Idol, Iggy Pop, Blondie, New York Dolls, X-Ray Spex, The Misfits, Kiss, Buzzcocks, The Rolling Stones, The Clash va boshqalarning qoʻshiqlari kaverlarini ijro etishgan.

2019-yil 1-fevral kuni „Uspex“ baridagi Maximum Vinyl Record Storening tashkil topgan kuni munosabati bilan guruh 10 yillik tanaffusdan soʻng shov-shuvli tarzda oʻzining birinchi konsertini beradi. Unda „oltin“ tarkib Natasha Ivashkevich, Dmitriy Spirin va Sergey Nefedovlar ham ishtirok etishadi. Andrey Melikov oʻrnini bas-gitarada Ilya Kot egallaydi. Konsertdan keyin guruh kelajakdagi rejalari haqida hech qanday izoh bermaydi.

Guruh aʼzolari

tahrir

Diskografiyasi va videografiyasi

tahrir

Studiyaviy albomlari

tahrir
  • 2007 – „Stupid and Happy“
  • 2009 – "Goog Luck "

Videokliplari

tahrir
  • 2007 – „Stupid and Happy“
  • 2007 – „Punk Rock Beaver“

Konsert albomlari

tahrir
  • 2007 – „Live at Art Garbage Club“
  • 2007 – „Live at Niagara Club“

Chiqarilmagan qoʻshiqlari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. AONE. „Релиз дебютного альбома на А1 Records“. a1tv.ru (2008-yil 29-fevral). 2012-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-may.
  2. Арсений Дмитриев. „Рецензия на альбом "Stupid and Happy"“. zvuki.ru (2008-yil 12-avgust). 2009-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-may.
  3. „Рецензия на альбом "Stupid and Happy"“. news.a1tv.ru. 2012-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-may.
  4. „Группа в передаче «День артиста!»“. a1tv.ru (2008-yil 28-fevral). 2012-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-may.
  5. „Группа в передаче «Брать Живьём»“. forum.a1tv.ru. 2012-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-may.
  6. „Видеозапись "Огни RAMPa"“. youtube.com. 2016-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-may.
  7. „Видеоклип "Stupid and Happy"“. a1tv.ru. 2015-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-may.
  8. „Видеоклип "Punk Rock Beaver"“. a1tv.ru. 2015-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-may.
  9. „Видеоклип "Punk Rock Beaver"“. a1tv.ru (2008-yil 18-iyun). 2012-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-may.
  10. AONE. „Релиз второго альбома“. a1tv.ru (2009-yil 16-mart). 2012-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-may.
  11. „Группа на Night.ru“. night.ru. 2013-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-may.
  12. Катя Коростелева. „Рецензия на концерт“. afisha.ru (2009-yil 3-mart). 2012-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-may.