Leao Butron Gotusso (ispancha: Leao Butrón Gotuzzo; 1977-yil 6-martda Peruning Lima shahrida tugʻilgan) - darvozabon pozitsiyasida toʻp surgan perulik futbolchi. Leao Butron Peru terma jamoasi safida ham darvozabon sifatida jamoa shanini himoya qilgan.

Klubdagi karyerasi tahrir

Leao faoliyatini "Sporting Kristal" jamoasida boshlagan. 1996-yilda u Peru chempionatida debyut qiladi va oʻsha mavsumda mamlakat chempioniga aylanadi. Leao jamoada besh mavsum oʻynagach, barqaror oʻyin tajribasiga ega boʻlish uchun Alyans Atletikoga oʻtadi. Ikki yil davomida u jamoaning doimiy darvozaboni boʻldi. 2003-yilda Leao Aliyanza Limaga koʻchib oʻtdi. Butron yangi jamoasiga ketma-ket ikki marotaba chempion boʻlishiga oʻz hissasini qoʻshgan va mavsumning eng yaxshi darvozabonlaridan biriga aylangan.

2006-yilda Leao Universidad San Martin klubiga qoʻshildi. U klubda olti mavsumni deyarli asosiy tarkibda oʻtkazadi. Shundan soʻng Butron yana uch marta chempion boʻldi va Universidad uchun barcha turnirlarda 200 dan ortiq oʻyin oʻtkazadi.

2013-yil boshida u Melgar klubiga qoʻshiladi. 17-fevral kuni Xuan Aurich klubiga qarshi oʻyinda Leao yangi klubi safida debyut qildi. 2015-yilda Butron Alianza Limaga qaytib, Jorj Forsitning yordamchisiga aylanadi.

Xalqaro karyerasi tahrir

1997 va 1999-yillarda Butron uchinchi darvozabon sifatida Amerika kubogi uchun jamoa tarkibida boʻlgan. 2001-yil 7-martda Leao Peru terma jamoasida Gonduras terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qiladi. 2004-yilda u uchinchi marta oʻz uyida boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etadi, lekin avvalgi oʻyinlardagi kabi maydonga tushmaydi.

2007-yilda Butron Venesuelada boʻlib oʻtgan Amerika kubogida asosiy darvozabon sifatida ishtirok etadi. Turnirda u Urugvay[1], Venesuela[2], Boliviya[3] va Argentina[4] jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2011-yilda Leao Argentinada boʻlib oʻtgan Amerika Kubogida bronza medalni qoʻlga kiritgan. Ammo turnirda ishtirok etish jarayonida zaxirada oʻtiradi va bir daqiqa ham maydonga tushmaydi.

Havolalar tahrir

  1. „Уругвай VS. Перу 0:3“ (en). soccerway.com (2007—06—27). 2016-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-mart.
  2. „Венесуэла VS. Перу 2:0“ (en). soccerway.com (2007—07—01). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-mart.
  3. „Перу VS. Боливия 2:2“ (en). soccerway.com (2007—07—04). 2016-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-mart.
  4. „Аргентина VS. Перу 4:0“ (en). soccerway.com (2007—07—09). 2016-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-mart.