Leipzig jangi
Leypsig jangi (1813. 4-7. 10) -rus armiyasining xorijga yurishlari paytida (1813—14), Leypsig shahri yaqinida ittifoqchi Rossiya, Avstriya, Prussiya va Shvetsiya qoʻshinlari bilan Napoleon I armiyasi oʻrtasida boʻlgan jang ("xalqlar jangi"). Jangda ikkala tomondan 500 mingdan ortiq kishi qatnashgan. Napoleon I armiyasi tor-mor etilgan, fransuzlar taxminan 80 ming kishi yoʻqotgan. Bu Germaniya va Gollandiyaning ozod boʻlishiga va Reyn ittifoqining parchalanib ketishiga olib kelgan.[1]
Manbalar Tahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |