Lenovo
Lenovo Group Limited (联想集团有限公司)- Xitoy kompyuter kompaniyasi, 2007-yil 1-kvartal natijalariga binoan dunyoda kompyuter ishlab chiqarish boʻyicha(HP, Dell va Acer dan soʻng) toʻrtinchi oʻrinda turadi. Honkongdan roʻyxatdan oʻtgan, bosh ofisi — Pepcheyz shahrida (Nyu-York shtati, AQSH) joylashgan. Lenovo soʻzi xitoycha boʻlib nuqson maʼnosini bildiradi.
Turi | biznes, korxona va ommaviy kompaniya |
---|---|
Xizmatlari | Kompyuter ishlab chiqarish |
Qachon asos solingan | 1984 |
Joylashuvi |
Beijing, Morrisville, Shimoliy Carolina, (Hong Kongda roʻyhatdan oʻtgan) |
Asoschi(lari) | Liu Chuanzhi |
Rahbariyat |
Yang Yuanqing, Direktor William Amelio, BIM |
Daromadi | 51,038 milliard AQSh dollari (2019) (2008)[1] |
Aylanma daromadi | 50 710 000 000[2] |
Operatsion foydasi | 1 438 000 000[2] |
Sof foydasi | 804 000 000[2] |
Ishchilar soni | 54.000(2018) |
Vebsayti | www.lenovo.com |
Tarixi
tahrirKompaniyaga 1984-yil Xitoy Ilmiy Akademiyasi mablagʻlari yordami bilan xitoy olimlari tomonidan asos solingan. Boshida kompaniyaga 'New Technology Developer Incorporated' (ikki yil oʻtgach — 'Legend') nomi berilgan va u asosan Xitoyga kompyuter tehnologiyalari etkazish va shuningdek ierogliflarga kodirovka yaratish bilan shugʻullangan. 2003-yil kompaniya nomini Lenovoga almashtirdi. 2004-yil dekabrda kompaniya IBM (AQSH kompaniyasi) ning kompyuter ishlab chiqarish boʻlimini sotib olish haqida eʼlon qildi.
Boshqaruv
tahrirLenovo kompaniyasi asosiy aksiyadorlari — Xitoy ilmiy akademiyasi Legend Holding Ltd (42 %), IBM (AQSH kompaniyasi) (8,82 %), amerika toʻgʻri investisiyalar fondlari Texas Pacific Group,General Atlantic LLC va Newbridge Capital LLC (10,1 %). 2007-yil 25-may oyida kompaniya bozor kapitalizatsiyasi — $4,08 mlrdni tashkil etdi. Kompaniya direktorlar kengashi raisi — Yan Yuan'sin.
Faoliyati
tahrirKompaniya shaxsiy, choʻntak kompyuterlari, serverlar, monitorlar, videoproektorlar va boshqa koʻpgina qurilmalar ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi. Kompaniya mahsulotlari asosan — Think Centre va ThinkPad savdo belgilari ostida ishlab chiqariladi. Gartner analitik kompaniyasi hisobiga koʻra 2007-yilning birinchi kvartalida Lenovo kompaniyasi 3,9 mln dona kompyuter sotgan. Kompaniya umumiy ishchilari soni — 19,5 ming kishini tashkil etadi. 2007-yil 31 mart moliyaviy yilda kompaniya daromadi — $14,6 mlrd(oʻsish oʻtgan yilga nisbatan 10 %), sof foyda — $161 mln(oʻsish 640 %)ni tashkil etdi.
Eslatmalar
tahrir- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedfinancialtables
- ↑ 2,0 2,1 2,2 (unspecified title)