Léo Michel Joseph Claude Dubois (talaffuzi: Leo Yosef Mishel Dyubua) (1994-yil 14-sentyabrda tugʻilgan) — fransuz professional futbolchisi, Superliganing Galatasaroy klubi va Fransiya terma jamoasida oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi[1].

Léo Dubois
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Léo Michel Joseph Claude Dubois
Tavallud sanasi 14-sentyabr 1994-yil (1994-09-14) (29 yosh)
Tavallud joyi Segré, Fransiya
Boʻyi 1.78 m
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Galatasaray
Raqami 2
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000—2003 SC Saint-Gemmes d’Andigne
2003—2008 Ent. S. Segré
2008—2012 Nantes
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2016 Nantes II 40 (2)
2014—2018 Nantes 96 (3)
2018—2022 Lyon 101 (3)
2022- Galatasaray 3 (0)
Milliy terma jamoa
2016 Fransiya U21 2 (0)
2019- Fransiya 13 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(19-oktyabr uchun)

Oilasi tahrir

Duboisning otasi Jean-Pierre Livanda tugʻilgan va 13 oyligida fransuz oilasi tomonidan asrab olingan[2].

Klubdagi faoliyati tahrir

Ilk faoliyat yillari tahrir

Yoshligida Dubois havaskor jamoalar SC Gemmois va ES Segre tarkibida oʻz faoliyatini boshlagan[3].

Nantes tahrir

Dubois oxir-oqibat yuqori divizion klubi FC Nantning eʼtiborini qozongan va jamoa bilan shartnoma imzolagan. 2015-yilning 9-mayida „Bordeaux“ ga qarshi oʻyinda ligada debyut qilgan. U oʻsha oʻyinda 83-daqiqadan keyin Kian Xansen oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan[4].

Lyon tahrir

Dubois 2018-yilning 1-iyulida Liga 1ning boshqa jamoasi Lyon bilan 4 yillik shartnoma imzolagan[3][5]. 2020-yil 27-sentyabrda Dubois o‘zining Liga 1 tarixidagi beshinchi golini „Stad du Moustoir“ da Lorientga qarshi o‘yinda (1:1) kiritgan[6]. Dubois 2021-yilda Memfis Depayni "Barselona" ga sotganidan keyin murabbiy Piter Bos tomonidan klub sardori etib tayinlangan[7].

Galatasaroy tahrir

2022-yilning 21-iyulida Dubois Superliganing "Galatasaroy" klubi bilan 3 million yevro evaziga shartnoma imzolagan va Turkiya klubi safiga qoʻshilgan[8][9].

Xalqaro faoliyati tahrir

Dubois birinchi marta 2019-yilning may oyida Fransiyaning kattalar jamoasiga chaqirilgan. U 2019-yilning 2-iyunida Boliviyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (2:0) o‘yinning 46-daqiqasida Benjamin Pavard o‘rniga maydonga tushgan. 9 kundan soʻng, Dubois Fransiya kattalar jamoasi uchun ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushgan, oʻsha oʻyinda ular UEFA Yevro-2020 saralashida Andorra ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonishgan[10].

2021-yil 10-oktyabrda Dubois UEFA Millatlar ligasi finalida Ispaniyaga qarshi bahsning 79-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan, o‘yinda Fransiya Ispaniya ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan[11].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Liga Kubogi Yevropa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Nantes 2014—2015 Liga 1 2 0 0 0 0 0 2 0
2015—2016 Liga 1 24 0 2 0 1 0 27 0
2016—2017 Liga 1 36 0 2 0 3 0 41 0
2017—2018 Liga 1 34 3 1 0 0 0 35 3
Jami 96 3 5 0 4 0 105 3
Lyon 2018—2019 Liga 1 25 1 3 1 1 0 5 1 34 3
2019—2020 Liga 1 16 0 1 0 1 0 9 0 27 0
2020—2021 Liga 1 37 2 3 0 40 2
2021—2022 Liga 1 23 0 0 0 5 0 28 0
Jami 101 3 7 1 2 0 19 1 129 5
Galatasaray 2022—2023 Süper Lig 0 0 0 0 0 0 0 0
Karyerada jami 197 6 12 1 6 0 19 1 234 8

Xalqaro tahrir

Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Fransiya 2019 4 0
2020 2 0
2021 7 0
Jami 13 0

Manbalar tahrir

  1. „L. Dubois“. Soccerway. Qaraldi: 2015-yil 4-iyul.
  2. „Dubois Bros. Company“ (fr). SOFOOT.com. Qaraldi: 2021-yil 19-noyabr.
  3. 3,0 3,1 „Leo Dubois“ (French). OL. Qaraldi: 2020-yil 29-oktyabr.
  4. „Bordeaux vs. Nantes - 9 May 2015 - Soccerway“. soccerway.com. Qaraldi: 2015-yil 4-iyul.
  5. „Transfer market: Get to know Lyon's three winter signings“. OLWeb.fr (2018-yil 1-fevral). Qaraldi: 2018-yil 2-iyul.
  6. „FC Lorient 1-1 OL“. Ligue 1 (2020-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 28-oktyabr.
  7. „Léo Dubois named new Lyon captain – Get French Football News“ (en-US). Qaraldi: 2022-yil 26-iyul.
  8. „OL : Léo Dubois s'engage officiellement avec Galatasaray !“. Foot National (2022-yil 21-iyul).
  9. „Galatasaray a trouvé un accord avec l'OL pour le transfert de Léo Dubois !“ (fr). Foot Mercato : Info Transferts Football - Actu Foot Transfert. Qaraldi: 2022-yil 26-iyul.
  10. „Deschamps praises 'great attitude' after France's revival“. The Straits Times (2019-yil 13-iyun).
  11. „Résultat et résumé : Espagne - France“ (fr). L'Équipe (2021-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.