Esaki Leo (1925.12.3, Osaka) — yapon fizigi, Yaponiya Fanlar akademiyasi aʼzosi (1975). Tokio universitetini tugatgan (1947). Ilmiy ishlari qattiq jism fizikasi, yarimoʻtkazgichli elektronika, oʻta oʻtkazuvchanlik, tunnellash va magnetizmga oid. Yarimoʻtkazgichlarda tunnellashni eksperimental kashf etdi va tunnel diodni yaratdi (1957). Elektr maydonning aniq bir qiymatida magnit qarshilikning keskin ortishi hodisasi (Esaki effekti)ni kashf etdi (1962). Yarimoʻtkazgichlarda oʻta oʻtkazuvchan energetik tirqishlar mavjudligini aniqladi (1966). Nobel mukofoti laureati (1973)[1][2].

Clinton Davisson.jpg

Manbalar

tahrir
  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil