Leonardo Rodrigues Lima (talaffuzi: Leonardo Rodriges Lima; 1998-yil 2-avgustda São Pauloda tugʻilgan) — braziliyalik futbolchi, „PAOK“ jamoasi hujumchisi.

Leo Toad
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Leonardo Rodrigues Lima
Tavallud sanasi 2-avgust 1998-yil (1998-08-02) (25 yosh)
Tavallud joyi São Paulo, Braziliya
Boʻyi 1.78
Ampluasi hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2009—2016 Corinthians
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016—2017 Corinthians 3 (0)
2017—2018 Akhmat 24 (3)
2018—2022 PAOK 43 (5)
2021 → Vasco da Gama (ijara) 33 (3)
Milliy terma jamoa
2016—2017 Braziliya U20 16 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 3-aprel uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2017-yil 11-fevral uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Leo Toad „São Paulo“ va „Corinthians“ futbol klublari tarbiyalanuvchisi. Leo Toad professional debyuti 2015-yilning 22-iyulida oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvida boʻlgan[1]. 2016-yilning 21-noyabrida „Internasional“ futbol kulibiga qarshi o‘yinda „Corinthians“ futbol klubi tarkibida Braziliya A seriyasida debyut qilgan[2].

2017-yil 4-iyulda Leo Toad 2,5 million yevro evaziga Rossiyaning „Akhmat“ futbol klubiga oʻtib, besh yillik shartnoma imzolagan[3]. 2017-yilning 16-iyulida „Amkar“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Leo Toad RFPLda debyut qilgan [4]. Xuddi shu uchrashuvda Leo Toad yangi jamoasi safidagi ilk golini raqib darvozasiga kiritgan. Leo Toad Rossiyada boʻlib oʻtgan liganing 24 uchrashuvida uchta gol urgan.

2018-yilning 4-oktabr kuni 20 yoshli futbolchi Yevropa Ligasi guruh bosqichida „BATE Borisov“ futbol klubiga qarshi o‘yinda dubl qayd etgan va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan[5]. Bu esa „PAOK“ futbol klubining 4:1 hisobidagi yirik g‘alabasiga sabab bo‘lgan[6]. Bu oʻyin Leo Toadga Alfredo Morelos, Patrik Kutrone va Islom Slimani kabi futbolchilarni ortda qoldirib, Yevropa Ligasi guruh bosqichining ikkinchi bosqichida eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritishga yordam bergan[7]. 2019-yilning 3-mart kuni „Panathinaikos“ futbol klubiga qarshi o‘yinda (2:0) hal qiluvchi golni urgan[8]. 2019-yilning 8-martida uning „Porto“, „Newcastle United“ va „Anderlecht“ kabi jamoalar eʼtiborini tortgani haqida xabar berilgan edi[9]. Boshqa klublar qiziqishiga qaramay, u „PAOK“ futbol klubida qolishni maʼqul koʻrgan[10][11].

Xalqaro faoliyati tahrir

2017-yilda Leo Toad Braziliya yoshlar terma jamoasi tarkibida Ekvadorda boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etgan[12][13]. Turnirda Leo Toad Chili, Paragvay, Ekvador, Argentina, Venesuela, Urugvay va ikki marta Kolumbiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[14][15][16].

Statistikasi tahrir

Jamoa Mavsum Liga Kubok Xalqaro turnir Boshqa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Corinthians 2016 2 0 0 0 0 0 0 0 2 0
2017 1 0 0 0 0 0 13 1 14 1
Jami 3 0 0 0 0 0 13 1 16 1
Akhmat Grozny 2017—2018 24 3 1 0 25 3
PAOK 2018—2019 24 3 6 2 9 2 39 7
2019—2020 6 0 0 0 3 0 9 0
2020—2021 1 0 0 0 1 0 2 0
2021—2022 9 2 1 0 0 0 10 2
Jami 40 5 7 2 13 2 60 9
Vasco da Gama 2021 33 3 5 0 1 0 39 3
Umumiy faoliyatida 100 12 13 2 13 2 14 1 140 17

Manbalar tahrir

  1. Staff. „Léo Jabá se torna o terceiro jogador mais jovem a vestir a camisa do Timão“ (portuguese). corinthians.com.br (2015-yil 23-iyul). 2020-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 21-noyabr.
  2. „Коринтианс VS. Интернасьонал 1:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 21-noyabr). 2016-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-fevral.
  3. „Жаба: «Не думаю, что у меня возникнут проблемы с адаптацией в «Ахмате»“ (ru). sports.ru (2017-yil 8-iyul). 2018-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-iyul.
  4. „Ахмат VS. Амкар 1:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 16-iyul). 2017-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-iyul.
  5. „Бразилия (до 20) VS. Венесуэла (до 20) 1:0“ (ru). soccerway.com (2017-yil 5-fevral). 2017-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-fevral.
  6. „Μπάτε Μπορίσοφ - ΠΑΟΚ 1-4“. www.gazzetta.gr (2018-yil 4-oktyabr). 2020-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-sentyabr.
  7. „MVP της αγωνιστικής ο Ζαμπά για την UEFA!“. www.novasports.gr (2018-yil 4-oktyabr). 2018-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-sentyabr.
  8. „Με πράσινα «δώρα» πέρασε… αέρα (0-2)“. www.to10.gr (2019-yil 3-mart). 2020-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-sentyabr.
  9. „ΠΑΟΚ: Η μισή Ευρώπη στα πόδια του Λέο Ζαμπά!“. www.to10.gr (2019-yil 8-mart).
  10. „Бразилия (до 20) VS. Чили (до 20) 0:0“ (ru). soccerway.com (2017-yil 20-yanvar). 2017-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-fevral.
  11. „Бразилия (до 20) VS. Парагвай (до 20) 3:2“ (ru). soccerway.com (2017-yil 22-yanvar). 2017-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-fevral.
  12. „Бразилия (до 20) VS. Аргентина (до 20) 2:2“ (ru). soccerway.com (2017-yil 9-fevral). 2017-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-fevral.
  13. „Уругвай (до 20) VS. Бразилия (до 20) 2:1“ (ru). soccerway.com (2017-yil 3-fevral). 2017-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-fevral.
  14. „Эквадор (до 20) VS. Бразилия (до 20) 2:2“ (ru). soccerway.com (2017-yil 31-yanvar). 2017-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-fevral.
  15. „Колумбия (до 20) VS. Бразилия (до 20) 1:0“ (ru). soccerway.com (2017-yil 25-yanvar). 2017-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-fevral.
  16. „Колумбия (до 20) VS. Бразилия (до 20) 0:0“ (ru). soccerway.com (2017-yil 11-fevral). 2017-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-fevral.