Lepidoptera (qadimgi yunon tilidan lepídos (lepídos) "tangacha" va pterá (pterá) "qanotlar") tangachaqanotlilar yaʼni kapalaklarning ilmiy nomi hisoblanadi. Lepidopteraning 180 000 ga yaqin turlari tasvirlangan boʻlib, ular 126 oila[1] va 46ta super oilada[2] birlashadi. Lepidoptera hayvonot dunyosida eng keng tarqalgan va taniqli hasharotlar turkumlaridan biridir.[3] Lepidoptera tana tuzilishida oʻziga xos murakkabliklar ularning turmush tarzi va tarqalishida afzalliklarga ega boʻlishi uchun rivojlangan. Oxirgi hisob-kitoblar shuni koʻrsatdiki, bu guruh aniqlanganidan koʻra koʻproq turga ega boʻlishi mumkin[4]. Lepidoptera turlari uchtadan ortiq olingan xususiyatlar bilan tavsiflanadi. 

Lepidoptera

Tovus kapalak
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonot dunyosi
Tip: Boʻgimoyoqlilar tipi
Sinf: Hasharotlar sinfi
Turkum: Tangachaqanotlilar
Xilma-xillik
180000 dan ortiq tur (126 oilasi) mavjud
Sinonimlari
Kapalaklar, tangachaqanotlilar

Adhemarius gannascus

Eng yaqqol koʻrinib turgani, koʻzga yaqqol tashlanadigani bu tangachalar hisoblanib, kapalaklarga rang va naqshlarning xilma-xilligini beradi. Deyarli barcha turlar qanotlari qisqargan yoki qanotsiz boʻlgan ba'zi turlari bundan mustasno. Koʻpayish davri yaʼni tuxum qoʻyishi odatda oʻsimliklar bilan bogʻliq boʻlib, oʻsimliklarning turli qismlarida amalga oshadi. Boshqa koʻplab hasharotlar singari, kapalaklar ham golometabol, ya'ni toʻliq metamorfozga uchraydi. Lichinkalar odatda qurtlar deb ataladi va ular voyaga yetgan kapalak shakllaridan butunlay farq qiladi, silindrsimon tanasida yaxshi rivojlangan boshi, pastki ogʻiz qismlari, uch juft koʻkrak oyoqlari va besh juftgacha soxta qorin oyoqlarga ega boʻladi. Qurtlar oʻsib ulgʻaygan sari, bu lichinkalar "instar" deb ataladigan bir qator bosqichlardan oʻtib, tashqi koʻrinishini oʻzgartiradi. Lichinka toʻliq yetilgandan soʻng gʻumbakka aylanadi. Gʻumbak davridan soʻng, jinsiy jihatdan yetuk organizmlar paydo boʻladi. Lepidopteralar millionlab yillar davomida qanot naqshlari va rang-barangligini keng diapazonda rivojlantirdilar.[1] Koʻpgina turlarda urgʻochi 200 dan 600 tagacha tuxum qoʻyishi mumkin, boshqalarida esa bir kunda ularning soni 30 000 tagacha boʻlishi mumkin. Bu tuxumlardan chiqqan qurtlar katta miqdordagi ekinlarga zarar yetkazishi mumkin. 

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Capinera, John L. (2008). "Butterflies and moths". Encyclopedia of Entomology. Vol. 4 (2nd ed.). Springer. pp. 626–672. ISBN 9781402062421. Archived from the original on 24 June 2016. Retrieved 22 September 2016.
  2. Mallet, Jim (12 June 2007). "Taxonomy of Lepidoptera: the scale of the problem". The Lepidoptera Taxome Project. University College, London. Archived from the original on 5 June 2011. Retrieved 8 February 2011.
  3. Powell, Jerry A. (2009). "Lepidoptera". In Resh, Vincent H.; Cardé, Ring T. (eds.). Encyclopedia of Insects (2 (illustrated) ed.). Academic Press. pp. 557–587. ISBN 978-0-12-374144-8.
  4. Kristensen, Niels P.; Scoble, M. J.; Karsholt, Ole (2007). "Lepidoptera phylogeny and systematics: the state of inventorying moth and butterfly diversity" (PDF). In Z.-Q. Zhang; W. A. Shear (eds.). Linnaeus Tercentenary: Progress in Invertebrate Taxonomy (Zootaxa:1668). Magnolia Press. pp. 699–747. ISBN 978-0-12-690647-9. Archived from the original (PDF) on 15 May 2013. Retrieved 2 March 2010.