Leuphana University of Lüneburg

Leuphana University of Lüneburg[1] – Germaniyaning Quyi Saksoniya shtatida joylashgan davlat universiteti. U 1946-yilda pedagogika kolleji (nemischa: Pädagogische Hochschule) sifatida tashkil etilgan. Leuphana Germaniya akademik muhitida bir necha mukofotlarga sazovor boʻlgan noyob universitet modelini yaratgan[2]. Leuphana universiteti Yevropadagi kam sonli universitetlardan biri boʻlib, oʻzining Studium Individuale bakalavr dasturi orqali liberal san’at taʼlim yoʻnalishini taqdim etgan. Universitet „ommaviy huquq asosidagi jamgʻarma“ maqomiga ega.

Leuphana Universität Lüneburg
Shiori Akademik erkinlik va umumiy farovonlik uchun ijtimoiy javobgarlik
Byudjeti €103.2 million
Prezidenti Sascha Spoun
Talabalari 9,888
Joylashuvi , ,
53°13′44″N 10°24′04″E / 53.22889°N 10.40111°E / 53.22889; 10.40111
Veb-sayti www.leuphana.de

Leuphana nomi Ptolemyning milodiy II asrda tuzgan geografik dunyo atlasida tilga olingan Elbe daryosi boʻyidagi qadimiy aholi punktidan olingan.

Leuphana kollejning bakalavriat dasturlari sakkizta boʻlim va ikkita oʻqituvchilar tayyorlashga ixtisoslashgan. 2008-yilda magistratura va doktorantura dasturlarini birlashtirgan aspirantura kolleji ochilgan. Bunga qoʻshimcha ravishda, barcha boʻlimlar aro ilmiy-tadqiqot markazi hamda biznes hamkorlik kabi ilgʻor oʻquv kurslari uchun professional maktab faoliyat yuritmoqda.

Tarixi

tahrir

Leuphana 1946-yil mayda Quyi Saksoniyadagi sakkizta pedagogika oliy taʼlim muassasalaridan biri sifatida tashkil etilgan va 1989-yil mayda Quyi Saksoniya pedagogika oliy taʼlim muassasasining Lüneburg boʻlimidan Lüneburg universitetiga qayta nomlangan.

2009-yilda Suderburgdagi kampus Braunschweig/Wolfenbüttel amaliy fanlar oliy taʼlim muassasasiga (Sharqiy Faliya amaliy fanlar universiteti) oʻtkazilgan.

Taniqli xodimlar va bitiruvchilar

tahrir
  • Daniel Libeskind, mehmon professor
  • Richard David Precht, mehmon professor
  • Britt Reinecke, televizion tok-shou boshlovchisi
  • Thomas Schomerus, ijtimoiy huquq professori
  • Jörg Philipp Terhechte, professor va dekan
  • Tine Wittler, writer, Teleboshlovchi va aktrisa

Reytingi

tahrir

Times Higher Education World University Rankings 2024 reytingida universitet global miqyosda 501-600 va mamlakat ichida 42-45 oʻrinni egallagan.

Manbalar

tahrir
  1. „The Name Leuphana“. 2019-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „www.leuphana.de/about_us“. 2015-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-fevral.

Havolalar

tahrir