Lev III (taxminan 675 — 741) — Vizantiya imperatori (717 yildan). Isavriya sulolasi asoschisi. Konstantinopol boʻsagʻasida (718 i.), Akroinos yaqinida (740 yil) arablar hujumini qaytargan. L. III 726 yilda Eklog (Qonunlar toʻplami) ni nashr ettirgan. Ikonaga qarshi kurashuvchilar harakati asoschisi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil