Lev Kramarenko
Lev Yuriyevich Kramarenko (1888-yil 13-yanvar, Uman, hozirgi Cherkas viloyati —1942-yil 5-mart, Samarqand) – ukrainalik rassom hisoblanadi.
Lev Yuriyevich Kramarenko | |
---|---|
Tavalludi |
1888-yil 13-yanvar |
Vafoti |
5-mart 1942-yil (54 yoshda) Samarqand |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi→Ukraina |
Kasbi | Rassom |
Biografiyasi
tahrir1906—1908-yillarda Dmitriy Kardovskiy qoshidagi Peterburg Badiiy akademiyasida tahsil olgan, 1911-yilda esa Parij Badiiy akademiyasida taʼlim olgan. 1913-yildan boshlab Lev turli koʻrgazmalarda qatnasha boshlagan. 1918—1932-yillarda Ukrainada ijod bilan shugʻullangan. Dastlab u Glyna rassomchilik maktabining direktori, keyinroq – Kiyev yaqinidagi Mejiirskiy zavodi negizida yaratilgan Mejiirskiy badiiy va kulolchilik texnikumining rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1921-yildan Dmitriy Kardovskiy Kiyevda Ukraina Badiiy akademiyasida dars bergan. Keyinchalik, 1923-yilda akademiya Kiyev plastik sanʼat institutiga aylantirilgandan soʻng, 1924-yilda Kiyev arxitektura instituti bilan qoʻshilishi natijasida Kiyev sanʼat instituti deb nomlangan. Lev Institut rektori va fakultet dekani sifatida faoliyat yuritgan[1].
Lev Kramarenko Ukraina Zamonaviy rassomlar uyushmasining aʼzosi boʻlgan (1927-yildan). Bu uyushma Odessa va Jitomirda joylashgan va Gʻarb sanʼatiga yoʻnaltirilgan boʻlib, bu rassomlar uyushmasida Viktor Palmov, Anatol Petritskiy, Aleksandr Bogomazov, sanʼatshunos Fedir Ernst va Xarkovning boshqa rassomlari ham aʼzo boʻlgan edi.
Lev Kramarenkoning shogirdlari orasida taniqli ukrainalik rassom va grafik rassomlar bor. Ulardan uning rafiqasi Irina Jdanko, Irina Beklemishyeva, Pavlo Ivanchenko, Fedir Kumpan, Yuriy Sadilenko, Dmitriy Shavikin va boshqalar shular jumlasidandur.
Ijodiy ishlari
tahrirIshlarining namoyish etilgan joylari
tahrirDmitriy Kardovskiyning yaratgan ishlari Kiyevdagi Lenin nomidagi bolalar shaharchasi (1924), Ukraina SSR Fanlar akademiyasining majlislar zali (1930), Moskvadagi „Oʻroq va bolgʻa“ klubi (1934) va Kiyev rus drama teatrida (hozirgi Lesya Ukrainka nomi; 1936—1937) namoyish etilgan.
Rasmlari
tahrir- „Robіtnitsya“ (1927);
- „Natyurmort іz samovarom“ (1929);
- „Zavodske selishe. Donbas“ (1937);
- „Dereva bіlya yaru“ (1938);
- „Srіblyastі dalі. Samarkand“ (1942)[2].
- Bundan tashqari Lev Donbas, Qrim, Markaziy Osiyo manzaralarini ham chizgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „13 января 1888 года (1-го по ст. ст.) в Умани, ныне Черкасской области, родился Лев Юрьевич КРАМАРЕНКО — живописец.“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 13-yanvar.
- ↑ „КРАМАРЕНКО Л. Ю.“. 2014-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 13-yanvar.