Levkopis

Chamaemyidae-Ochthipilidae oilasiga mansub foydali pashsha-entomofag

Levkopis (Leucopis bona Rohd.) — Chamaemyidae-Ochthipilidae oilasiga mansub foydali pashsha-entomofag. Kumushdek oqish, tanasining uz. 2—5 mm. Boshida koʻzlarini ajratib turuvchi keng peshonasi bor. Boshining tepa qismida qilchalari yoʻq. Yilda 5—6 avlod beradi. Har avlodning rivojlanishi ob-havo sharoitiga qarab 20—30 kun davom etadi. Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan. Katta yoshdagi qurtlari past haroratga ancha chidamli boʻlsada, bahorda koʻpi oʻlib ketadi. Mart oʻrtalarida gʻumbakka aylanadi. Pashshalari esa mart oxiri — aprel boshlarida uchib chiqadi. Qurtlari oʻsimlik bitlari va chervetslarning yirtqichi (qishlayotgan komstok qurti)ning 80—90% ini yoʻq qiladi, bahorda esa unli chervets tuxumlari bilan oziqlanadi (qarang Foydali hasharotlar).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil