Leykokrat jinslar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Leykokrat jinslar (leyko... va yun. kratio — ustunlik) — och rangli minerallarga boy magmatik togʻ jinslari. Jinsdagi rangli minerallarning miqdori meʼyordan kam boʻlsa, nomiga leykokrat soʻzi qoʻshib yoziladi. Masalan, gabbrotsa piroksenning miqdori 40— 50% ni tashkil etishi shart. Agar piroksenning miqdori 25% boʻlsa, u leykokratgabbro deb ataladi. Faqat och rangli minerallardan iborat togʻ jinsi gololeykokrat jinsi deb ataladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |