Li Gir Sen
Li Ger Sen, Li Gersen varianti ham bor, (1899-yil, Primorsk viloyati, Rossiya imperiyasi – 1962-yil 10-may, Yuqori Chirchiq tumani, Toshkent viloyati, OʻzSSR) – Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi „Polyarnaya zvezda“ (oʻzbekcha: Qutb yulduzi) kolxozi raisi[1]. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1951).
Li Ger Sen | |
---|---|
Tavalludi |
1899-yil Primorsk viloyati, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
10-may 1962-yil Yuqori Chirchiq tumani, Toshkent viloyati, OʻzSSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Kasbi | kolxoz raisi |
Mukofotlari |
Tarjimai holi
tahrir1899-yilda Primorsk viloyatidagi qishloq aholi punktlaridan birida dehqon oilasida tugʻilgan. Millati koreys[1]. 1937-yil kuzida yapon militaristlarining Xitoyga bostirib kirishidan koʻp oʻtmay, SSSRning Uzoq sharq oʻlkasidagi aholini boshqa hududlarga koʻchirish boshlangan. 1937-yilda Li Gir Sen Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyatidagi maxsus aholi punktiga deportatsiya qilinadi. Oʻrta Chirchiq tumanidagi „Polyarnaya zvezda“ kolxozida oddiy kolxozchi, dala brigadasi brigadiri lavozimlarida ishlagan.
1950-yilda Li Ger Senning boʻlimi 30,1 gektar maydonning har gektaridan oʻrtacha 108,3 sentnerdan koʻp yillik oʻt pichan hosilini yetishtirdi[2]. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1951-yil 1-noyabrdagi farmoni bilan „1950-yilda MTS ishiga natura shaklida haq toʻlagani, barcha turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari boʻyicha kolxozning majburiyatlari va shartnomalarini toʻliq bajargani, sugʻoriladigan yerlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, pichandan yuqori hosil olgani uchun hamda 1951-yilda bahorgi ekish uchun toʻliq talab miqdorida barcha ekinlarni urugʻlikni tayyorlagani“ uchun Lenin ordeni va O‘roq va Bolg‘a oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berilgan[3].
1962-yildan Yuqori Chirchiq tumanidagi „Politotdel“ kolxozining poliz uchastkasida qorovul boʻlib ishlagan.
1962-yil may oyida vafot etdi. U Yuqori Chirchiq tumanidagi sobiq „Politotdel“ kolxozi qabristoniga dafn etilgan.
Olgan mukofotlari
tahrir- Sotsialistik Mehnat Qahramoni;
- Lenin ordeni;
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1950);
- „1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi jasoratli mehnati uchun“ medali.
Adabiyotlar
tahrir- Shin D. V., Sovetskie koreysi Geroi Sotsialisticheskogo truda, Almati: Service Press, 2019
- Z. V., Pan N. G. Geroi Sotsialisticheskogo Truda – kazaxstansi, Alma-Ata, 1969—1985, tt. 1-5
- Men D. V., Kvon L. A., Kim, Sovetskie koreysi Kazaxstana, Almati, 1992
- Kim P. G., Koreysi Respubliki Uzbekistan, Tashkent: Uzbekiston. 1993
- Kan G. V., Istoriya koreysev Kazaxstana, Almati: Gilim, 1995
- Kim G. N., Men D. V., Istoriya i kultura koreysev Kazaxstana, Almati: Gilim, 1995
- Kim B. I., Koreysi Uzbekistana. Kto est kto, Tashkent, 1999
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Шин Д. В.. Советские корейцы Герои Социалистического труда. Olmaota: Service Press, 2019.
- ↑ German Kim, Video-Ensiklopediya koryo saram. Geroy Sotsialisticheskogo truda Li Gir Sen
- ↑ Ким П. Г.. Корейцы Республики Узбекистан (ru), Toshkent, 1993.