Li Sinbon, shuningdek, Li Sin Bon (1919-yil, Primorsk viloyati, Nikolsk-Ussuriysk tumani, Putsilovka qishlogʻi – vafot etgan yili nomaʼlum[1]) – Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Oʻrta Chirchiq tumanidagi „Polyarnaya zvezda“ kolxozining agronomi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1950)[2][3].

Li Sinbon
Tavalludi 1919-yil
Primorsk viloyati, Nikolsk-Ussuriysk tumani, Putsilovka qishlogʻi
Vafoti Aniq emas
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Mukofotlari

Hayoti

tahrir

Li Sinbon 1919-yilda Nikolsk-Ussuri tumani Putsilovka qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. 1937-yilda ota-onasi bilan birga Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyatidagi maxsus posyolkaga surgun qilinadi. Oʻrta maktabning 9-sinfini tamomlagan. Oʻrta Chirchiq tumanidagi koreyslarning „Polyarnaya zvezda“ kolxozida sholichilik brigadasida oddiy kolxozchi boʻlib ishlagan.

1948-yildagi erishgan mehnat yutuqlari uchun Li Sinbonnga 1949-yilda Lenin ordeni berilgan.

Li Sinbon jamoasi 1949-yilda 5 gektar yerning har gektaridan oʻrtacha 80,6 sentnerdan sholi oldi. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1950-yil 13-iyundagi farmoni bilan „Kolxozda barcha turdagi majburiy topshiriqlar va shartnomalarni toʻliq bajargani, sugʻoriladigan yerlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, sholidan yuqori hosil olgani uchun“ Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan. Shuningdek, „1948-yilda MTS ishi uchun natura toʻlovlari va 1949-yil bahorgi ekinlarni ekish uchun tayyorlash, ularni toʻliq miqdorida urugʻlik bilan taʼminlashdagi ishtiroki uchun“ Lenin ordeni hamda "Oʻroq va Bolgʻa" oltin medali berilgan[4].

Xuddi shu farmon bilan Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni „Polyarnaya zvezda“ kolxozining toʻrtta kolxozchisiga berildi: Kim Pendyu, Park Bong Chun, Li Gvanok va Xe Rim.

Oʻlim sanasi aniq emas.

Mukofotlari

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • Шин Д. В., Советские корейцы Герои Социалистического труда, Алматы: Service Press, 2019
  • З. В., Пан Н. Г. Герои Социалистического Труда — казахстанцы, Алма-Ата, 1969—1985, тт. 1-5
  • Мен Д. В., Квон Л. А., Ким, Советские корейцы Казахстана, Алматы, 1992
  • Ким П. Г., Корейцы Республики Узбекистан, Ташкент: Узбекистон. 1993
  • Кан Г. В., История корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995
  • Ким Г. Н., Мен Д. В., История и культура корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995
  • Ким Б. И., Корейцы Узбекистана. Кто есть кто, Ташкент, 1999

Manbalar

tahrir
  1. „Дмитрий Шин в Новой жизни и Солдатском“. www.koryo-saram.site. Qaraldi: 21-noyabr 2023-yil.
  2.   Герман Ким (ВЭКС) Герой Социалистического труда Ли Сынбон YouTubeda
  3. „Герой Социалистического Труда Ли Сынбон“. www.warheroes.ru. Qaraldi: 21-noyabr 2023-yil.
  4. В тексте Указа о награждении званием Героя Социалистического Труда