Liakat Ali Xon (1895.1.10— 1951.16.10) — Pokiston davlat va siyosat arbobi. Pokiston davlatini barpo etish harakati rahbarlaridan biri, yurist. 1923-yildan Musulmonlar ligasi partiyasining aʼzosi, 1936—1937-yillarda uning bosh kotibi, 1950-yildan esa prezidenti, 1926-yildan Hindiston viloyat, 1937-yildan esa Hindiston markaziy qonun chiqaruvchi majlisi aʼzosi. L.Liakat ali xon Pokiston davlati barpo etilgach, uning 1-bosh va mudofaa vaziri (1947-yil avgustdan) boʻlgan. U Pokistonda Musulmon ligasi sharqiy guruhi bilan uning Liakat ali xon boshchiligidagi gʻarbiy guruhi oʻrtasida boshlangan hokimiyat uchun kurash jarayonida otib oʻldirilgan.[1]

Liakat Ali Xon

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil