Liane Moriarty (1966 yil 15 noyabrda tugʻilgan) – avstraliyalik yozuvchi.

Liane Moriarty
Tavalludi 15 November 1966 (age 56)
Fuqaroligi Avstraliyalik
Kasbi Australiyalik yozuvchi
Turmush oʻrtogʻi Adam
Bolalari 2
Veb-sayti http://lianemoriarty.com.au/

U toʻqqizta roman yozgan va The New York Times gazetasining eng koʻp sotilgan kitoblaridan boʻlgan – "Big Little Lies" va "Nine Perfect Strangers“ asarlar muallifidir, shuningdek ular mos ravishda HBO va Hulu teleseriallariga oʻzlashtirilgan.

Ilk yillari tahrir

Universitetni tugatgandan soʻng, Moriarty yuridik nashriyot kompaniyasida reklama va marketing sohasida ishladi. Keyinchalik, u mustaqil reklama kopirayter sifatida ishlashdan oldin, bir muddat oʻz freelancer reklama kompaniyasini boshqargan. 2004-yilda, Sidneydagi Macquarie universitetida magistrlik darajasini olganidan soʻng, ilmiy darajasining bir qismi sifatida yozilgan „Three Wishes“ nomli birinchi romani nashr etildi. Oʻsha vaqtdan beri u yana sakkizta romanini nashr etdi[1].

Moslashtirish tahrir

Uning „Big Little Lies“ romani HBO tomonidan teleserialga moslashtirilgan[2] va bosh rollarni Reese Witherspoon, Nicole Kidman, Shailene Woodley, Laura Dern, Zoë Kravitz va Alexander Skarsgård ijro etgan. Serial premyerasi 2017-yil 19-fevralda boʻlib oʻtdi va birinchi mavsum 2017-yil 2-aprelda yakunlandi[3]. Ikkinchi mavsum 2017 yil dekabr oyida eʼlon qilindi va uning premyerasi 2019-yil iyun oyida boʻlib oʻtdi[4].

2013-yil sentabr oyida CBS Films Moriartyning oldingi romani, „Husband’s secret“ huquqlarini sotib oldi[5] va 2017-yilning may oyida filmda Blake Lively rol oʻynashi eʼlon qilidi[6]. 2022-yil fevralida Kat Coiro Sony Pictures kompaniyasi uchun filmga rejissyorlik qilishi eʼlon qilindi[7][8].

Uning 2018-yil 6-noyabrda nashr etilgan „Nine perfect strangers“ nomli romani Hulu tomonidan teleserialga moslashtirilgan. Unda Nicole Kidman bosh rolni ijro etgan va prodyuserlik qilgan[9].

Shaxiy Hayoti tahrir

Moriarty Sydneyda Tasmaniyalik sobiq dehqon eri Adam bilan birga yashaydi. Ularning George va Anna ismli ikki farzandi bor[10]. U yozuvchi Jaclyn Moriartyning katta singlisidir.

Adabiyotlar roʻyxati tahrir

Romanlar tahrir

Bolalar kitoblari tahrir

  • The Petrifying Problem with Princess Petronella (ISBN 9780330423007[10], 2007)
  • The Shocking Trouble on the Planet of Shobble (ISBN 9780330424707[11], 2009)
  • The Wicked War on the Planet of Whimsy (ISBN 9780330425391[12], 2010)

Manbalar tahrir

  1. lianemoriarty.com Qaraldi: Iyul 2011.
  2. Orders Reese Witherspoon-Nicole Kidman Limited Series 'Big Little Lies' Variety. Qaraldi: 19-sentyabr 2017.
  3. Petski, Denise (28 November 2016) 'Big Little Lies' From David E. Kelley Gets Premiere Date On HBO". (Wayback Machine saytida 2019-04-18 sanasida arxivlangan)
  4. 'Big Little Lies' to Return for a Second Season"
  5. Ng, Philiana (4 September 2013). „CBS Films to Adapt 'The Husband’s Secretʼ for Big Screen“ The Hollywood Reporter. Qaraldi: 16-iyul 2018.
  6. Kroll, Justin (25 May 2017). Blake Lively to Star in Thriller 'The Husband’s Secretʼ From 'Big Little Lies' Author". Variety. Qaraldi: 16-iyul 2018.
  7. Kroll, Justin (14 February 2022). 'Marry Meʼ Director Kat Coiro To Helm Sony’s Adaptation Of Liane Moriarty’s 'Husband’s Secretʼ Deadline. Qaraldi 21-iyul 2022.
  8. Mangan, Lucy (20 August 2021). „Nine Perfect Strangers review – forget Nicole Kidman … Melissa McCarthy steals this show“ The Guardian. Qaraldi: 11-sentyabr 2021
  9. 4 Hollywood Reporter.
  10. Bearup, Greg (12 December 2014).„Big little lives“. The Australian.Qaraldi: 3-aprel 2017

Havolalar tahrir