Lidiya Nikolayevna Koratoyeva (1951.18.2, Oxunboboyev tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Fargʻona pedagogika institutini tugatgan (1972). 1972-yildan Boʻz tumanidagi 22-, 37- maktabda ona tili va adabiyoti oʻqituvchisi; 1974-yildan Ulugʻnor tumanidagi 14-maktabda direktor oʻrinbosari, direktor, 1987-yildan ona tili va adabiyot oʻqituvchisi. K. maktabda sinfdan tashkari ishlarni tashqil etib, oʻquvchilarning yozma va ogʻzaki nutqini rivojlantirishga katta eʼtibor beradi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil