Limburg pirogi (Limburg flayi; niderlandcha: Limburgse vlaai, limb. Vlaaj, Vlaoj) — anʼanaviy Niderlandiya oshxonasiga xos boʻlgan mevali pirog turlaridan biri. Ilk bor yozma manbalarda XIV asrda eslab oʻtilgan.

Bezash yoki toʻldiruvchi sifatida qaymoq yoki krem qoʻllanilsa, bu pirog Limburg pirogi deb atalmaydi.[1][2] U „Rijstevlaai (Wayback Machine saytida 2016-06-24 sanasida arxivlangan)“ deb nomlanadi.

Niderlandiyada limburg piroglari juda mashhur. Butun mamlakat boʻylab 116 dan ortiq shoxobchasiga ega boʻlgan MultiVlaai milliy kompaniyasining (shunday piroglarni sanoat usulida ishlab chiqarishga ixtisoslashgan) muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi buning isbotidir[3].

Tarixi

tahrir

Limburg yassi pirogini Niderlandiyaning qadimiy taomlaridan biri deb hisoblash mumkin. Pirog (vlaai) va uni tayyorlashga ixtisoslashgan pishiruvchilar (vladbecker) haqidagi ilk eslatmalar 1338-yil solnomasida bitilgan. Dastlab, bu piroglar yiliga ikki marta cherkov bayramlari chogʻida tortiq qilish uchun pishirilgan[4].

Vlaai soʻzi rus tilida „flay“ deb talaffuz etiladi. Golland (niderland) tiliga xos fonetika qoidalarga muvofiq, V undoshi yarim jarangli tovush boʻlib, u jarangsiz F dan jarangdorligi bilan ajralib turadi W tovushidan esa koʻproq talaffuz chogʻidagi ishqalanishi va keskinligi bilan farq qiladi, natijada istisno qilinmagan holda „ve“ tarzida talaffuz etiladi[5].

Tarkibi

tahrir

Xamir uchun

tahrir

Xamirni tayyorlash uchun asosiy qoʻshimchalar: un, quruq xamirturush, sariyogʻ, tuz, shakar, tuxum sarigʻi, sut.[6] Xamir qattiqroq boʻlishi hamda pirogni uzoqroq saqlash maqsadida manniy krupa qoʻshiladigan retseptlar ham mavjud[7] .

Toʻldirish uchun

tahrir

Xamir ichini toʻldirish uchun barcha turdagi mevalar (gilos, oʻrik, qoragʻat, olma) ishlatiladi. Murabbolardan ham foydalansa boʻladi. Shuningdek, pishloq, rovoch ildizi, qoʻziqorin solinadigan piroglar ham bor.[8]

Tayyorlanishi

tahrir

Tayyorlash jarayoni har qanday xamirturushli xamirdan pirog pishirish bilan bir xil. Oʻziga xos jihati — xamir kesmalarini panjara shaklida pirogga solingan toʻldirma ustiga yotqizib, chetlarini ichkariga oʻrab qoʻyishdir. Shuningdek, toʻldirmaning ustini xamir bilan butunlay yopsa ham boʻladi.

180 °C issiqlikda taxminan 20 daqiqa davomida pishiriladi[9].

Galereya

tahrir

Yana qarang

tahrir
  • Gollandiya oshxonasi
  • Flan
  • Crostat

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Merinka. „Лимбургский флай (Limburgse vlaai) с ревенём“. Мои любимые рецепты. 2016-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-may.
  2. Ada Henne Koene. Food Shopper's Guide to Holland. Delft: Eburon, 2000 — 138-bet. ISBN 9789059725003. 
  3. Эллина. „ЧТО ЕДЯТ В НИДЕРЛАНДАХ НА ДЕСЕРТ?“. Кухня Нидерландов. elligo.ru (2012-yil 11-sentyabr). 2016-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-may.
  4. Ольга Бакланова. „Лимбургский пирог“. Выпечка. Вся Соль.RU (26/12/14). 2016-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-may.
  5. Т.Н. Дренясова, Л. С. Шечкова. Nederlands. Нидерландский язык. Практический курс, второе исправленное, Санкт-Петербург: "Глосса", 1998 — 26-bet. ISBN 5-7498-0024-5. 
  6. Марина. „Лимбургский флай“. Выпечка. Рецепт|Kulinarnie resepti runeta. 2016-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-may. (Wayback Machine saytida 2016-05-30 sanasida arxivlangan)
  7. Александр. „Маленькие хитрости: чтобы пирог был пышным“ (deadlink). Выпечка, Сдобная выпечка. POKUSHAY.RU. 2016-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-may. (Wayback Machine saytida 2016-06-04 sanasida arxivlangan)
  8. Ken Albala. Food Cultures of the World Encyclopedia. Volume 1. Greenwood, 2011 — 253-bet. ISBN 978-0-313-37627-6. 
  9. „Рецепт. Лимбургский флай“. Золотые рецепты. goldrecipes.ru (2014-yil 31-may). 2016-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-may.