Lin Blakley

britaniyalik aktrisa

Linda E. Blakley (qizlik familyasi: Stivens; 1947-yil 1-iyulda tugʻilgan) — angliyalik aktrisa. BBC telakanalida efir yuzini koʻrgan EastEnders serialidagi Pam Coker roli bilan tanilgan.

Lin Blakley
Tavalludi
Linda E. Stevens

1-iyul 1947-yil (1947-07-01) (76 yosh)
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2003-hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi Alan Blakley (1969-1996; oʻlimiga qadar)
Bolalari Kirsten Blakley (tugʻ.1971)
Claudie Blakley (tugʻ. 1974)

Faoliyati tahrir

2004-yilda BlakleyThe Football Factory filmida Tamaraning onasi (Sophie Linfield) hamda Effi’s Burning va All My Sons sahna asarlarida mos ravishda Effi va Kate rolida paydo boʻladi. Keyingi yili u Shaking Dreamland filmida Pam rolini va Derailed filmida Maureen Groves rolini oʻynaydi[1].

2006 va 2007-yillarda Blakley ITV dramasi Vital Signs va BBCda efirga uzatilgan Doctors serialida mos ravishda Irene va Susan Staplehurst rollarini ijro etgan. U, shuningdek, 2006-yilda Hay Fever and You Never Can Tell spektakllarida Klara va xonim Clandon obrazlarida hamda 2007-yilda Emma rolida Puntill and his man Matti sahnalashtirilgan pyessalarida koʻrinish beradi.

2007-yilda Blakley qisqa metrajli film Gone Fishingda Emily sifatida va ITVning politsiya bilan bogʻliq dramasi The Billning epizodida ham suratga tushadi[1]. Aktrisa, keyingi yili, Sydney Turtlebaum filmida Brenda rolida, The Children telefilmida Mel rolida, The Billning ikkinchi epizodida Lorna Wickham rolida hamda Talking Headsning bir ayol ishtirokidagi spektaklda rollar ijro etgan.

Shaxsiy hayoti tahrir

Blakli 1960-yillar pop-guruhi The Tremeloes asoschisi Alan Blakleyga 1969-yilda turmushga chiqqan[2]. Ikki yil oʻtgach, ular Kirsten ismli qiz farzand koʻrishadi. Kirsten ulgʻaygach Little Spitfire nomli hind guruhining bosh qoʻshiqchisi boʻladi va 1974-yilda ular Claudie ismli, boʻlajak Pride and Prejudice and Lark Rise to Candleford teleseriallarida muhim rollarni ijro etuvchi[2] qiz farzand koʻrishadi. Blakley, shuningdek, Windlesham Drama Groupning homiysi va Quince Players Sunninghillning prezidentidir.

Filmografiyasi tahrir

Filmlarda
Yil Sarlavha Rol Izohlar
2004 The Football Factory Tamaraning onasi
Meat June Qisqa metrajli film
2005 Shaking Dreamland Pam
2007 Gone Fishing Emily Qisqa metrajli film
2008 Sydney Turtlebaum Brenda
2009 Malice in Wonderland xonim Jones
2011 Late Bloomers The Grey Panther
Age of Heroes xonim Shepard
2012 Rufus Stone Abigail Qisqa metrajli film
2016 Gozo Jen
2021 Boris Says Mum Qisqa metrajli film
Televizion rollari
Yil Sarlavha Rol Izohlar
2005 Derailed Maureen Groves Televizion film
2006 Vital Signs Irene 1-mavsum: 5-epizod
2007 Doctors Susan Staplehurst Epizod: „Words Unspoken“
The Bill xonim Harman Epizod: „485: Dead Manʼs Hand — Part 2“
2008 Lorna Wickham Epizod: „Lifesaver“
The Children Mel TV miniserial, 2ta epizod
2009 Doctors Lorraine Preston Epizod: „Road to Recovery“
Midsomer Murders Janet Painter Epizod: „The Dogleg Murders“
2010 Holby City Rachael Pennington Epizod: „Transgressions“
2011 Law & Order: UK Jessica Vickery Epizod: „Tick Tock“
2012 One Night Joan Burton Epizod: „Ted“
Hunted Freeman buvi Epizod: „LB“
2013 Doctors Barbara Kay Epizod: „Behind Closed Doors“
2014-2019, 2022 EastEnders Pam Coker 374ta epizod
2017 Doctors Mary Crowe Epizod: „Wearing Purple“
2018 Casualty Maggie Coomes 2ta epizod
Silent Witness xonim Kennedy Epizod: „Family: Parts 1 & 2“
Ackley Bridge Dianne Carter 1ta epizod
2019 Dark Money Avril Allen Epizodlar: „All That Glitters“… and „The Valiant One“
2021 Doctors Alice Eliot[3] Epizod: „This is Me“
2022 Vera Sandra Mallon Epizod: „Tyger Tyger“

Sahna rollari tahrir

Yil Sarlavha Rol Izohlar
2004 Effi’s Burning Effi Asosiy rol
All My Sons Kate
2006 You Never Can Tell xonim Clandon
Hay Fever Clara
2007 Puntill and his man Matti Emma
2008 Talking Heads Lead Bitta ayol spektakli
2009 Vincent in Brixton Ursula Bosh rol
The Entertainer Phoebe
2010 The Miser Marguerita
2019 Other Peopleʼs Money Bea Sullivan Southwark Playhouse
Murder, Margaret and Me Agatha Christie Buyuk Britaniya sayohati

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir