Linchyoping - Shvetsiyaning jan. qismidagi shahar, Vettern va Venern koʻllarini mamlakatning sharqiy sohillari bilan bogʻlovchi Gyotakanal boʻyida. Estergyotland lenining maʼmuriy markazi. Aholisi 126,2 ming kishi (2000). Mashinasozlik, asosan, aviasozlik, radioelektronika, harbiy sanoat korxonalari ("SAAB" konserni), universitet bor. Shaharga 12-asrda asos solingan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil