Linda Cardellini (1975-yil 25-iyunda tugʻilgan[1]) - amerikalik aktrisa. Televideniyeda u oʻsmirlar uchun “Freaks and Geeks” (1999—2000), tibbiy drama “ER” (2003–09), “Bloodline” dramatik trilleri (2015–17) va “Dead to Me” tragikomediyasidagi bosh rollari bilan tanilgan. U komediya serialidagi eng yaxshi aktrisa uchun Primetime Emmy mukofotiga nomzod boʻldi. Linda, shuningdek, "Mad men" (2013–15) dramasida mehmon sifatida rol oʻynab, Primetime Emmy mukofotiga nomzod boʻlgan. Uning ovozli ishiga "Scooby-Doo! Mystery Incorporated" (2010–13), Regular show (2012–15), "Gravity Falls "(2012–16) va Sanjay and Kreyg (2013–16)animatsion seriyallari kiradi.

Linda Cardellini
Tavalludi
Linda Edna Cardellini

25-iyun 1975-yil
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1996-yildan hozirgi kungacha
Bolalari 1

Linda "Skubi -Du" (2002) filmidagi Velma Dinkley obrazi va uning davomi "Scooby-Doo 2: Monsters Unleashed" (2004) hamda "Legally Blonde" (2001), "Brokeback Mountain" (2005) filmlarida ikkinchi darajali rollari bilan tanilgan. "Grandma’s Boy" (2006), "Kill the Irishman" (2011), "Avengers: Age of Ultron" (2015), "The Founder" (2016), "Green Book", "A Simple Favor" (ikkalasi ham 2018) va "Avengers: Endgame" (2019) filmlarida ham rol rol oʻynagan. Shunigdek u “Return (2011) dramasida, “Eng yaxshi ayol bosh rol” nominatsiyasi uchun Mustaqil Ruh mukofotiga nomzod boʻlgan. Bundan tashqari “Daddy's Home” (2015) va “Daddy's Home 2” (2017) komediyalari va “The Curse of La Llorona” (2019) qoʻrqinchli filmida rol oʻynagan.

Yoshligi tahrir

Linda Kaliforniyaning Redwood City shahrida uy bekasi Lorraine Kardellini va tadbirkor Wayne David Cardellinining qizi boʻlib tugʻilgan[2]. U toʻrt farzandning eng kichigi. Cardellini italyan, irland, nemis va shotland millatiga mansub[3][4]. U katolik hisoblanaadi[5]. U birinchi marta 10 yoshida, maktab spektaklida qoʻshiq kuylaganida omma oldiga chiqqan. Keyinchalik u bir nechta maktab spektakllarida rol oʻynadi va drama darslariga qatnasha boshladi. U 1993-yilda yaqin atrofdagi Mountain View katolik Sent-Frensisk oʻrta maktabini tamomlagan keyin televideniye va kinoda rollar izlash uchun Los-Anjelesga koʻchib oʻtgan.

U Loyola Marymount universitetining Aloqa va tasviriy sanʼat yoʻnalishida oʻqigan va 1997-yilda teatr sanʼati yoʻnalishi boʻyicha bitirgan. 2007-yilda u universitet tomonidan “Hurmatli bitiruvchi” deb tan olingan.

Shaxsiy hayoti tahrir

Linda shou bekor qilinganidan keyin oʻzining “Freaks and Geeks” hamkasbi Jayson Segel bilan besh yil davomida uchrashgan[6]. 2011-yil oktabr oyida Linda va uning sevgilisi Steven Rodriguez homiladorligini eʼlon qildi[7]. Linda 2012-yil fevral oyida ularning qizini dunyoga keltirdi[8]. Kardellini va Rodriguez 2013-yil iyun oyida unashtirilgan[9].

Filmografiyasi tahrir

Mukofotlar va nominatsiyalar tahrir

Yil Uyushma Turkum Nomzod qilingan ish Natija Ref.
2005 Gotham mukofotlari Eng yaxshi aktyorlar ansambl Buzilgan tog' Nomzod [10]
2006 Ekran aktyorlari gildiyasining mukofotlari Kinofilmdagi aktyorlarning ajoyib ijrosi [11]
2009 TV Land mukofotlari Icon mukofoti ER Yutuq [12]
2013 Primetime Emmy mukofotlari Drama serialidagi eng yaxshi mehmon aktrisa Aqldan ozgan Erkaklar Nomzod [13]
Independent Spirit mukofotlari Eng yaxshi ayol bosh rol Qaytish [14]
2019 MTV Movie & TV mukofotlari Eng yaxshi qoʻrqinchli spektakl La Llorona laʼnati Nomzod [15]
2020 Primetime Emmy mukofotlari Ajoyib komediya seriali Men uchun oʻlik [13]
Komediya serialidagi eng yaxshi aktrisa Nomzod [16]
2021 Sunʼiy yoʻldosh mukofotlari Musiqiy yoki komediya serialidagi eng yaxshi aktrisa [17]
Ekran aktyorlari gildiyasining mukofotlari Komediya serialidagi ayol aktyorning ajoyib ijrosi Nomzod [18]
[18]Komediya serialidagi ansamblning ajoyib chiqishi

Manbalar tahrir

  1. Jacqueline Cutler. „Linda Cardellini“. Chicago Tribune (25-noyabr 2007-yil). 2-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-avgust 2018-yil.
  2. „Knockout Nerd“. People (1-iyul 2002-yil). Qaraldi: 1-mart 2019-yil.
  3. „Episode 986 - Linda Cardellini“. WTF with Marc Maron Podcast (17-yanvar 2019-yil).
  4. Schneider. „Opening in Orlando: High Life, Penguins and more“. Orlando Weekly.
  5. Watkins. „The Mad Men GQ+A: Linda Cardellini on Sylvia Rosen's Extramarital Bombshell: The Q“. GQ (12-iyun 2013-yil). Qaraldi: 31-oktabr 2013-yil.
  6. „This breakup really broke up Jason Segel“. Los Angeles Times (13-aprel 2008-yil). Qaraldi: 7-iyun 2013-yil.
  7. „Linda Cardellini Expecting First Child“. People (22-iyun 2011-yil). Qaraldi: 1-mart 2019-yil.
  8. „Linda Cardellini Welcomes Daughter Lilah-Rose“. People (6-mart 2012-yil). Qaraldi: 1-mart 2019-yil.
  9. „Linda Cardellini Engaged: 'Freaks And Geeks' Actress And Boyfriend Steven Rodriguez Set To Wed“. The Huffington Post (7-iyun 2013-yil). Qaraldi: 7-iyun 2013-yil.
  10. „Gotham Awards Nominations Announced“. Filmmaker. 14-mart 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-aprel 2020-yil.
  11. „The 12th Annual Screen Actors Guild Awards“. Screen Actors Guild. Qaraldi: 15-aprel 2020-yil.
  12. „Legendary Medical Drama 'ER' to Receive the Icon Award at the '2009 TV Land Awards' on Sunday, April 19th“. ViacomCBS Inc. (8-aprel 2009-yil).
  13. 13,0 13,1 „Linda Cardellini - Emmy Awards, Nominations and Wins“. Television Academy. Qaraldi: 13-avgust 2020-yil.
  14. „Film Independent Spirit Awards 2013: Full List of Nominees“. ABC News (23-fevral 2013-yil).
  15. „2019 MTV Movie and TV Awards Winners“. Variety (17-iyun 2019-yil).
  16. „Here's a Full List of the 2020 Emmy Nominees“. The New York Times (28-iyul 2020-yil). Qaraldi: 28-iyul 2020-yil.
  17. Van Blaricom. „25th Satellite Awards Nominees for Motion Pictures and Television Announced“. International Press Academy (1-fevral 2021-yil). Qaraldi: 1-fevral 2021-yil.
  18. 18,0 18,1 „Nominations Announced for the 27th Annual Screen Actors Guild Awards“. Screen Actors Guild Awards. Screen Actors Guild (4-fevral 2021-yil). Qaraldi: 4-fevral 2021-yil.