Lingvistik atlaslar, dialektologik atlaslar — maxsus dastur- soʻroqlik asosida tayyorlangan, maʼlum bir yoki bir necha oʻzaro yaqin tillarga xos dialektal xususiyatlarning hududiy tarqalish chegarasini aks ettiradigan dialektologik haritalarning albom shaklida tartibga solingan toʻplami. Lingvistik atlaslar tuzish ishlari maʼlum tilning asosiy dialektik xususiyatlari oldindan maʼlum boʻlgandan soʻng boshlanishi mumkin. Material tuplashga muljallangan dastur-soʻroklikning xususiyati, materialni toʻplash va yozib olish usuli, haritalashtirish tartibi atlas tuzuvchilarning maqsadi, ish hajmi, mavjud imkoniyatlariga karab belgilanadi. Dastur tilning barcha sathlarini yoki ulardan birini — leksika yoki fonetikani — qamrab olishi mumkin. U yoki bu til hodisa-sini aniqlashga qaratilgan savollar miqdori 40—50 tadan bir necha mingtagacha buladi. Lingvistik atlaslar tuzish har bir milliy til dialektologiyasining rivojlanishidagi muhim bosqich boʻlib, u tilni lingvistik geografiya usuli bilan oʻrganish uchun asos vazifasini bajaradi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil