Lingvistik tahlil - til, nutq birliklarini uni tashkil etuvchi qismlari, mazmuni vazifasi va boshqa xususiyatlari nuqtai nazaridan tadqiq etish, til (nutq) birliklarining aniq holatini belgilash. Masalan, hosildorlikni soʻzida ikki asil til hodisasi mavjud boʻlib, u xuddi shu hodisalar nuqtai nazaridan tahlil etilishi mumkin: 1) soʻz yasalishi hodisasi; 2) shakl yasalish hodisasi (morfologik hodisa). Bu soʻzda ikkita yasama soʻz mavjud boʻlib, soʻz yasalishi tah-lilida har bir yasama soʻzning tarkibi va bu tarkibiy qismlarning mohiyati vazifasi, maʼnosi va shahrik. belgilanadi. Bunda: qosildor yasama soʻz ekani, u soʻz yasalish asosi hosil va soʻz yasovchi dor qoʻshimchasidan iborat tarkibiy kiyem ga egaligi, soʻz yasalish asosi (hosil) ot turkumiga oidligi, dor qoʻshimchasining qaysi turkumga oid soʻzdan qaysi turkumga mansub suz va qanday maʼnoli soʻz yasashi hamda uning boshqa xususiyatlari qayd etiladi. Hosildorlik yasamasoʻzining taxlili ham xuddi shu tarzda olib boriladi, yaʼni u yasama soʻz ekani, unda hosildor soʻz yasalish asosi, lik suz yasovchi qushimcha ekani, shuningdek, bu qoʻshimchaning maʼnosi va boshqa xususiyatlari qayd etiladi. Morfologik tahlilda qosildorlik suzining ot ekanligi, -n i qoʻshimchasi shu soʻz (ot)ning tushum kelishik shaklini yasashi, uning maʼnosi va shahrik. qayd etiladi. Lingvistik tahlilning yana quyidagi turlari farqlanadi: 1) leksikologik tahlil; 2) frazeologik taxlil; 3) semasiologik taxlil; 4) fonetik tahlil; 5) imloviy taxlil; 6) orfoe-pik taxlil; 7) morfem taxlil; 8) sintaktik tahlil; 9) punktuatsion tahlil; 10) uslubiy taxlil; 11) etimologik taxlil.

Azim Hojiyev.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil