Linol kislota
Linol kislota — ikki qoʻsh bogʻli bir asosli karbon kislota, CH3(CH2)3-(CH2CH=CH)2(CH2)7COOH. Molar massasi 280,5. Suyuqlanish temperaturasi — 5°, qaynash temperaturasi 149°, zichligi 903 kg/m3 (20°da). Linol kislota normal hayot faoliyat uchun zarur, almashtirib boʻlmaydigan yogʻ kislotalari jumlasiga kiradi. Odam va hayvon organizmiga oziq-ovqat orqali, asosan, murakkab lipidlar — triglitseridlar va fosfatidlar holida oʻtadi . Triglitserid holida koʻpgina oʻsimliklar moyi va hayvonlar yogʻida, mas, soya, paxta, kungabo-qar, zigʻir, nasha urugʻi moyi, kit yogʻida 40—60 % gacha boʻladi.[1]
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir