Vanda Maria Ribeiro Furtado Tavares de Vasconcelos (1962-yil 17-iyunda tugʻilgan) – professional ravishda Lio nomi bilan tanilgan hamda 1980-yillarda Fransiya va Belgiyada pop ikonasi boʻlgan qoʻshiqchi va aktrisa.

Lio
Tavalludi Vanda Maria Ribeiro Furtado Tavares de Vasconcelos[1]
17-iyun 1962-yil (1962-06-17) (62 yosh)
Janrlar
Kasbi
  • Qoʻshiqchi
  • aktrisa
Faoliyat yillari 1979–hozirgi kungacha
Leybllar
Fuqaroligi Portugaliya va Belgiya

Biografiyasi

tahrir

Vanda Maria Ribeiro Furtado Tavares de Vasconcelos 1962-yil 17-iyunda Portugaliyaning Mangualde shahrida tugʻilgan. Otasi Portugaliya armiyasiga jang qilish uchun chaqirilganida, oila Mozambikka koʻchib oʻtgan. Uning ota-onasi ajrashishgan va 1968-yilda Vanda onasi va yangi oʻgay otasi bilan Belgiyaning Bryussel shahriga koʻchib oʻtgan, u yerda singlisi, aktrisa Helena Noguerra tugʻilgan[2]. Oʻsmirligida u qoʻshiqchi boʻlishga qaror qilgan va uni oilasining yaqin doʻsti qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis Jacques Duvall (qizlik familiyasi Eric Verwilghem) qoʻllab-quvvatlagan. U oʻzining Lio taxallusini Jean-Claude Forestning „Barbarella“ nomli komikslaridagi qahramondan olgan[3].

1979-yilda qoʻshiqnavis Jay Alanski bilan birgalikda u va Duvall Telex triosidan Marc Moulin va Dan Lacksman bilan ishlashni boshlagan. Uning birinchi ikkita singli 1 milliondan ortiq nusxada sotilgan „Le Banana Split“ va „Amoureux solitaires“ taronalari boʻlib, ular dastlab Stinky Toys pank-rok guruhining qoʻshigʻi boʻlgan. Ikkala qoʻshiq ham Fransiyadagi koʻplab pop chartlarning eng yuqori choʻqqisiga koʻtarilgan hamda Moulin va Lacksman ham oʻzining birinchi albomiga mualliflik qilgan. 1982-yilda Sparks guruhi aʼzolari boʻlgan amerikalik musiqachilar Ron Mael va Rassell Mael u bilan „Suite sixtine“ albomi ustida ishlagan. Albomdan uning oldingi qoʻshiqlarining baʼzi birlarini ingliz tilidagi tarjimalari ham joy olgan. „Suite sixtine“ albomiga Ralf Alfonso rejissyorlik qilgan.

Shaxsiy hayoti

tahrir

U olti farzandning onasi hisoblanadi: Nubia (1987-yilda tugʻilgan), Igor (1993-yilda tugʻilgan), Esmeralda (1995-yilda tugʻilgan), Garance va Lea (1999-yilda tugʻilgan) hamda Diego (2003-yilda tugʻilgan).

Diskografiyasi

tahrir

Albomlari

tahrir
Yil Albom Chart Sotuvlar
Fransiya
1980-yil Lio 9 150,000
1983-yil Amour toujours - 30,000[4]
1986-yil Pop model - 100,000
1988-yil Can can - 30,000
1991-yil Des fleurs pour un caméléon - 15,000
1996-yil Wandatta - 10,000
2000-yil Lio chante Prévert[5] - -
2005-yil Dites au prince charmant 105 4,000
2009-yil Phantom featuring Lio (with the band Phantom) - 1,000[4]
2018-yil Lio Canta Caymmi
  • „Phantom featuring Lio“ albomi Buyuk Britaniyada „Lio et les fantômes“ nomi ostida chiqarilgan[6].

Jonli albomlari

tahrir
  • 2003-yil – Cœur de rubis.

Toʻplamlari

tahrir
  • 1982-yil – Suite sixtine
  • 1995-yil – Peste Of!
  • 2005-yil – Les Pop Songs (Best of 1)
  • 2005-yil – Les Ballades (Best of 2)
  • 2005-yil – Pop Box – 25 Years in Pop
  • 2008-yil – Je garde quelques images… pour mes vies postérieures

Singllari

tahrir
Yil Singl Chart Albom
Fransiya
1979-yil "Le Banana Split" 1 Lio
1980-yil „Amoureux solitaires“ 1
„Amicalement votre“ 19
„Sage comme une image“ - Suite sixtine
1982-yil „Mona Lisa“ -
1983-yil "Zip a doo wah" - Amour toujours
„La Reine des pommes“ -
1985-yil "Tétéou" (Jacky bilan) 48 -
1986-yil „Les Brunes comptent pas pour des prunes“ 10 Pop model
„Les Filles veulent tout“ (Faqay Kanadada chiqarilgan)[7] -
1987-yil „Fallait pas commencer“ 5
„Je casse tout ce que je touche“ 22
„Chauffeur suivez cette voiture“ -
„La Bamba“ (Los Portos bilan)[8] - -
1988-yil „Seules les filles pleurent“ - Can can
1989-yil „Tu es formidable“ -
1990-yil „The Girl from Ipanema“ (Etienne Daho bilan) - Des fleurs pour un Caméléon
1991-yil „LʼAutre joue“ -
1995-yil „Le Banana Split 95“ - Peste Of!
1996-yil „Tristeza“ - Wandatta
„A la fête des animaux“ (Faqat promo)[9] - -
1998-yil „Ganja“ (Los Van Van bilan) (remiks)[10] - -
2000-yil „Je suis comme je suis“ - Chante Prévert
2005-yil „Les Hommes me vont si bien“ (Faqat promo)[11] - Dites au prince charmant
2007-yil „Les Matins de Paris“ (Teki Latex bilan) 14[12] Party de plaisir (Teki Latex albomi)
2009-yil „Je ne veux que ton bien“ (Phantom bilan) - Phantom featuring Lio
„La Veille de ma naissance“ (Phantom bilan)[13] -
2014-yil „Poupée pop“[14] - -
2018-yil „É Doce Morrer No Mar“ (Jacques Duvall bilan) - Lio Canta Caymmi

Manbalar

tahrir
  1. [1][sayt ishlamaydi] „69 minutes sans chichis: Lio“, interview in French by Leslie Meuraillon, published in March 2015 on the belgian website Moustique.be (Belgian).
  2. Lio at RFI Musique (Wayback Machine saytida 14 May 2011 sanasida arxivlangan)
  3. „europopmusic – lio“. europopmusic.eu. 2014-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-iyul.
  4. 4,0 4,1 „Lio Est De Retour: Nouvel Album Lio canta Caymmi [1979–...“]. Pure Charts (2012-yil 26-iyul).
  5. „Lio – Je Suis Comme Ça“. discogs (2000).
  6. „Freaksville Record - Android 80, APRIL MARCH & AQUASERGE, Benjamin Schoos, Caïman Fu, Charles Blistin, Deadride Phantom, Jacques Duvall, Juan d'Oultremont, King Lee aka l'enfant Pave, Kryptonica !, le Dragon Noir, les Loved Drones, Mademoiselle Nineteen, Man from Uranus, Marc Morgan et les Obstacles, Marie France, og musique, Phantom feat LIO, Phantom feat. Marie France, Sophie Galet, UFO GOES UFA, Various“. 2014-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-fevral.
  7. „Lio – Les Filles Veulent Tout (De Toi)“. discogs (1986).
  8. „Los Portos Featuring L.N.A*, Cacho*, Lio – La Bamba (Version Française)“. discogs (1987).
  9. „Lio – À La Fête Des Animaux“. discogs (1996).
  10. „Ze Records“. 2013-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-fevral.
  11. „Lio – Les Hommes Me Vont Si Bien“. discogs (2005).
  12. „Les Matins De Paris by Teki Latex and Lio – Music Charts“. acharts.us.
  13. „Freaksville Record - Android 80, APRIL MARCH & AQUASERGE, Benjamin Schoos, Caïman Fu, Charles Blistin, Deadride Phantom, Jacques Duvall, Juan d'Oultremont, King Lee aka l'enfant Pave, Kryptonica !, le Dragon Noir, les Loved Drones, Mademoiselle Nineteen, Man from Uranus, Marc Morgan et les Obstacles, Marie France, og musique, Phantom feat LIO, Phantom feat. Marie France, Sophie Galet, UFO GOES UFA, Various“. 2014-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 15-fevral.
  14. „"Poupée pop" : Lio règle ses comptes sur son nouveau single. Ecoutez !“. chartsinfrance.net.

Havolalar

tahrir