Lipoma
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Lipoma (yun.lipos — yogʻ, oma — oʻsma) — yogʻ toʻqimasidan rivojlanadigan xavfsiz oʻsma. Har xil kattalikda boʻladi. Koʻpincha teri osti yogʻ qavati, char-vi, fassiyalar, boʻgʻimlarda, baʼzan pay pardalari, shuningdek, orqada, boʻyinda, qorinning oldingi devori va boshqa joylarda uchraydi. L. biriktiruvchi toʻqimali kapsula bilan oʻralgan boʻlib, sekin oʻsadi. Organizm funksiyalariga zarar yetkazmaydi, jarrohlik yoʻli bilan olib tashlanadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |