Liqildoq, tepatosh — chaqaloqlar kalla gumbazi suyaklarining biri-kish joylaridagi pardali kamgak (qism). Miya arteriyasi pulsatsiyasi tufayli bu kamgaklar liqillab turadi (nomi shundan olingan). Chaqaloqlarning peshona qismida romb shaklida, ensa sohasida uchburchak shaklida, kallaning ikkala yonida bir juftdan yon L. boʻladi. Bu L.lar 3 oylikdan ikki yoshgacha davr oraligʻida suyaklanib bitadi. Raxit va boshqa baʼzi kasalliklarda L. tez bitmaydi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil