Lira (yun. lyra) — qad. torli tirnama yunon musiqa cholgʻusi. 7—11 torli boʻlgan. Chap qoʻl barmoklari bilan torlarni tirnab chalinadi. Epik va lirik sheʼrlar ijrosiga joʻr boʻlgan L. (lirika soʻzi shundan) Apollonning safdoshi hisoblangan. L.ga oʻxshash sozlar qadimdan Yaqin Sharq va Misrda, hozirda baʼzi Afrika xalqlari orasida uchraydi. L.ning takomillashgan turi kifara deb ataladi. Keyingi davrlarda Yevropada turli torli sozlar ham L. deb atalgan. L.ning tasviri jahon madaniyatida musiqa sanʼati ramzi sifatida qabul qilingan. Toshkentda 1896—1918-yillar "Lira" nomli xor musiqasi jamiyati faoliyat koʻrsatgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil