Lishayniklar
Lishayniklar (lotincha: Lichenes) zamburugʻlar va suvoʻtlari va/yoki sianobakteriyalarning simbiotik majmualari boʻlmish organizmlardir.[1] Biroq lishayniklar morfologiyasi, fiziologiyasi va biokimyosi zamburugʻ va suvoʻtlarnikidan farq qiladi. Lishayniklar tarqalish areali nihoyatda xilma-xil, ularni sovuq, nam iqlimda ham, issiq, choʻl sharoitida ham uchratish mumkin,[2] shu bilan birga ular atrof-muhit oʻzgarishiga sezgirdir.[3][4][5] Lishayniklardan boʻyoq, atir-upa ishlab chiqarishda hamda tabobatda foydalaniladi.
Lishayniklar | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
![]() | ||||||
Biologik klassifikatsiya | ||||||
|
Lishayniklar (Lichenes) - zamburugʻlarning maxsus bir guruhi; suv oʻtlari va zamburuglardan tarkib topgan tirik organizmlar kompleksi. Ayrim botaniklar L.ga tuban oʻsimliklarning alohida bir guruhi sifatida qarashadi. L. haqidagi fan lixenologiya deb ataladi. 400 turkumga mansub 26000 turi bor. Jinssiz spora hosil qili-shiga binoan, ikki sinf: xaltachali L. (maʼlum boʻlgan deyarli hamma L.) va bazidiyali L.ga (bir necha oʻnlab tur) ajratiladi. Koʻk-yashil, sariq-yashil yoki yashil suvoʻtlar L.ning doimiy komponenti hisoblanadi. Odatda, L.ning har bir turiga maʼlum bir suvoʻt turi toʻgʻri keladi.
L.ning poʻstloqsimon, bargsimon va butasimon shakllari boʻladi. Poʻstloqsimon L. sodda tuzilgan; donador, guborsimon yoki poʻstloq shaklida. Bargsimon L. birmuncha murakkab tuzilgan, plastinkalar koʻrinishida. Butasimon L. ancha murakkab tuzilgan boʻlib, shoxlari osilib tushgan yoki tik oʻsadigan oʻsimlik tupini eslatadi. L. anatomik tuzilishiga koʻra gome-omer (suvoʻtlar L. tanasi boʻylab tekis tarqalgan) va geteromer (suvoʻtlar L. tanasining faqat ustki poʻstlogʻi ostida joylashgan) boʻladi.
L. jinsiy, jinssiz vegetativ koʻpayadi. Jinssiz koʻpayishda L. zamburugʻi sporalari xaltachalarda (xaltachali L.) yoki baʼzan, bazidiyalarda (bazidiyali L.) hosil boʻladi. Jinssiz koʻpayishda konidiyalar va piknosporalar vujudga keladi. Zamburugʻ sporalari usadi va oʻziga mos suvoʻt turi bilan birlashib, yangi L. tallomi — vegetativ tana hosil qiladi, L. tallomning kichik qismi orqali vegetativ koʻpayadi. L.dagi suvoʻtlar boʻlinib, yashil suvoʻtlar esa avtosporalar hosil qilib koʻpayadi. Jinsiy koʻpayishda L. tanasidagi suvoʻtlar va zamburugʻlar alohida koʻpayadi.
L.ning suv shimadigan maxsus organi yoʻq; suvni ular tallomining butun yuzasi orqali shimadi. Suvoʻtlardagi fotosintez tezligi L. tallomidagi suvning miqdoriga bogʻliq; L. kurib qolsa, fotosintez sekinlashadi yoki toʻxtaydi. Poʻstloqsimon L. butasimon L.ga nisbatan sekin usadi. L. yiliga oʻrtacha 0,01 mm dan 100 mm gacha usadi. Haroratning koʻtarilishi yoki pasayishi L.ga uncha taʼsir qilmaydi. L. yaxshi yoritilgan turli xil substratlarda — daraxtlar, togʻ jinslari, tuproq va yashil oʻsimliklar barglarida, teri, suyak, qogʻoz, shisha, temir va boshqa buyumlar sirtida uchraydi. L. hamma materiklarda mavjud. Tropik va subtropik mintaqalarda, ayniqsa, tundra va baland togʻlarda keng tarqalgan. Yaqingacha L. tanasidagi zamburugʻlar bilan suv oʻtlari orasidagi oʻzaro munosabat simbioz sifatida tushuntirib kelingan edi. Haqiqatda esa ular orasidagi munosabat paratizmta asoslangan boʻlib, ayniqsa, zamburugʻning parazitlik xususiyati yaqqol koʻzga tashlanadi. L. unumsiz joylarda oʻsishi tufayli boshqa oʻsimliklar uchun zamin tayyorlaydi. Baʼzi butasimon L. esa bugʻularning asosiy ozigʻi hisoblanadi. Dorivor (ichni krtiradigan, yumshatadigan, kon bosimini oshiradigan, vitaminli, antibiotikli) L. ham bor. L.dan mik-roblarga qarshi dorivor preparatlar ham olingan. Ayrim L.dan parfyumeriya sanoatida, lakmus va boʻyoq tayyor-lashda foydalaniladi. Daraxtlar tanasida oʻsadigan poʻstloq L.i zararkunanda hasharotlar uchun pana joy boʻlganligi sababli salbiy ahamiyatga ega.[6]
Manbalar Tahrirlash
- ↑ F.S. Dobson (2000) Lichens, an illustrated guide to the British and Irish species. Richmond Publishing Co. Ltd., Slough, UK
- ↑ Morris J, Purvis W.. Lichens (Life). London: The Natural History Museum, 2007 — 19 bet.
- ↑ Ferry, B.W., Baddeley, M.S. & Hawkworth, D. L. (Editors) (1973) Air Pollution and Lichens. Athlone Press, London.
- ↑ Rose C.I., Hawksworth D.L. (1981) Lichen recolonization in London's cleaner air. Nature
- ↑ D.L. Hawksworth and F. Rose(1976) Lichens as pollution monitors. Edward Arnold, Institute of Biology Series, No. 66. 60pp. ISBN 0-7131-2554-3: 0713125551(pbk.)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar Tahrirlash
- University of Sydney lichen biology Wayback Machine saytida arxivlandi (2004-12-11).
- Memorial University's NL Nature project, focusing primarily on lichens Wayback Machine saytida arxivlandi (2019-06-28).
- ESA article on lichen survivability in low earth orbit
- The British Lichen Society Wayback Machine saytida arxivlandi (2019-07-03).
- Lichens of North America
- Lichen Information and Pictures at blackturtle.us Wayback Machine saytida arxivlandi (2007-09-28). Wayback Machine saytida arxivlandi (2007-09-28).
- Pacific Northwest Fungi Online Journal, includes articles on lichens
- Fungi that discovered agriculture Wayback Machine saytida arxivlandi (2007-05-13). Wayback Machine saytida arxivlandi (2007-05-13).
- Pictures of Tropical Lichens
- High Resolution 1.5 Gigapixel Image of a Lichen Covered Rock Wayback Machine saytida arxivlandi (2010-07-17).
- Good example of a Lichen
- LIAS light: an online interactive identification key for the lichen species of the World
Vikiomborda Lishayniklar haqida turkum mavjud |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |