Lissabon protokoli
Lissabon protokoli — SSSR parchalanishining huquqiy oqibatlarini nazarda tutuvchi Strategik hujum qurollarni qisqartirish toʻgʻrisidagi shartnomaga (SHQ-1) qoʻshimcha hisoblanadi. 1992-yil 23-mayda Lissabonda Rossiya, AQSh, Ukraina, Belarus va Qozogʻiston tomonidan imzolangan.
Toʻliq nomi:
| |
---|---|
Turi | Xalqaro shartnoma |
Imzolangan sanasi | 1992-yil 23-may |
Imzolangan joyi | Lissabon, Portugaliya |
Kuchga kirishi | 5-dekabr 1994-yil |
Shartlari | yadro quroldan voz kechish |
Imzolangan |
Belarus Rossiya Qozogʻiston AQSh Ukraina |
Tillari |
ingliz, belarus, qozoq, rus ukrain |
Tarixi
tahrirSHQ-1 shartnomasi Sovet respublikalarining suverenitetlari paradi natijasida SSSRning parchalanishiga olib kelgan paytda imzolangan. Shartnoma imzolanganidan olti oy oʻtgach, SSSR tugatildi. Uning hududida yadro quroli mavjud boʻlgan 4 ta mustaqil respublika paydo boʻldi. Bular: Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Belorussiya. SSSR tugatilgandan soʻng darhol Rossiya SSSRning xalqaro majburiyatlarini, shu jumladan SHQ-1 shartnomasini bajarishda davom etishini eʼlon qildi. Biroq, Ukraina, Qozogʻiston va Belorussiya SSSRning hech qanday majburiyatlarini oʻz zimmasiga olmadi.
Taktik yadroviy oʻq-dorilarni Rossiyaga eksport qilish toʻgʻrisidagi qaror 1991-yil 21-dekabrda Olma-Ota shahrida imzolangan Yadro quroli boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Bitim shaklida Belovej kelishuvlari imzolanganidan koʻp oʻtmay qabul qilindi[1]. 1992-yil bahorida sobiq SSSR hududidan barcha taktik yadro qurollari Rossiyaga olib ketilgan.
Strategik yadro qurollari taqdiri Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Belarus va AQSh tomonidan Lissabon protokoli deb nomlanuvchi SHQ-1ga qo‘shimcha kelishuv imzolanishi doirasida hal qilindi[2]. Imzolash marosimi 1992-yil 23-mayda Lissabonda boʻlib oʻtdi. Bayonnomani AQSh Davlat kotibi, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston va Ukraina tashqi ishlar vazirlari imzoladi.
Protokolda Belarus, Qozogʻiston, Rossiya va Ukraina SHQ-1 shartnomasi shartlariga koʻra SSSRning vorisi ekanligi belgilandi. Protokolda, shuningdek, Belarus, Qozog‘iston va Ukrainaning imkon qadar tezroq yadro qurolidan xalos bo‘lish va yadro quroliga ega bo‘lmagan davlatlarning huquqlari bo‘yicha YQTTShga qo‘shilish majburiyatlari ham belgilandi[3].
Lissabon kelishuvlariga koʻra, SHQ-1 shartnomasi Lissabon protokolini imzolagan barcha davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilinganidan keyin kuchga kirdi[3].
Belarus
tahrir1993-yil 4-fevralda Belarus parlamenti SHQ-1 shartnomasini va Lissabon protokolini ratifikatsiya qildi. 1993-yil 22-iyulda Belarus yadrosiz davlat sifatida YQTTShga qoʻshildi. Buning evaziga Belarus Amerikaning tahdidlarni kamaytirish boʻyicha hamkorlik dasturi („Nunn-Lugar dasturi“) doirasida davlat hududida jangovar kallaklar va ularning tashuvchilarini yoʻq qilish uchun mablagʻ oldi. Shuningdek, Germaniya, Shvetsiya va Yaponiya tomonidan Belarusdagi xavfli yadroviy ob’ektlarda xavfsizlik darajasini oshirish uchun bir qator yordam dasturlari taqdim etildi.
Qozogʻiston
tahrir1992-yil 2-iyulda Qozogʻiston parlamenti SHQ-1 shartnomasini va Lissabon protokolini ratifikatsiya qildi. 1994-yil 12-fevralda Qozogʻiston yadro quroliga ega boʻlmagan davlat sifatida YQTTShga qoʻshildi. Respublika hududida juda koʻp xavfli yadroviy ob’ektlar, jumladan, yuqori darajada boyitilgan uran va plutoniyga ega boʻlgan ob’ektlar mavjud boʻlgani sababli, Qozogʻiston ulardan kelib chiqadigan xavfni kamaytirish boʻyicha bir qator dasturlar va kelishuvlarni oldi. Bularga „Nunn-Lugar“ dasturi doirasidagi yordam (85 million dollar) va AQShning yuqori darajada boyitilgan uranni sotib olishi kiradi.
Ukraina
tahrirUkrainaning 1991-yilda Oliy Rada[4] tomonidan eʼlon qilingan yadrosiz maqomiga qaramay, Lissabon protokoli va SHQ-1 Shartnomasini ratifikatsiya qilishda Ukrainaning pozitsiyasi ancha murakkab boʻldi. Ukraina hukumati yadroviy boʻlmagan maqom uchun tovon pulini 2,8 milliard dollarga baholadi va rasmiy ravishda yadro quroliga ega boʻlgan barcha kuchlardan (Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya va Xitoy) xavfsizlik kafolatlarini talab qildi. [5] 1993-yil 18-noyabrda Oliy Rada SHQ-1 shartnomasini bir tomonlama tuzatishlar bilan ratifikatsiya qildi, unda Ukraina yadro qurolini oʻzida saqlab qolishi nazarda tutilgan edi. AQSh va Rossiya bu ratifikatsiyani qabul qilmadi. Ancha sdavom etgan muzokaralardan so‘ng, 1994-yil 3-fevralda Oliy Rada dastlabki SHQ-1 shartnomasini va Lissabon protokolini ratifikatsiya qildi. 1994-yil 16-noyabrda Ukraina YQTTShga yadrosiz davlat sifatida qoʻshildi[6]. Kompensatsiya sifatida Ukraina „Nunn-Lugar“ dasturi doirasida taxminan 500 million dollar oldi. Shuningdek, „YBU-PBU“ kelishuvi boʻyicha shartnoma tuzilib, bunda Ukraina yadroviy quroldan voz kechgani uchun Rossiya zimmasiga Ukraina AESlari uchun kompensatsiya sifatida 160 million dollar miqdorida yadro yoqilgʻisi yetkazib berish yuklatildi.
Rossiya SHQ-1 shartnomasini va Lissabon protokolini 1992-yil 4-noyabrda ratifikatsiya qilgan[7].
Til
tahrirHujjat har biri ingliz, belarus, qozoq, rus va ukrain tillarida besh nusxada imzolangan. Barcha matnlar bir xil kuchga ega: ingliz va rus tillari protokol faoliyati uchun ishchi tillar sifatida ishlatilgan.
Imzolovchilar
tahrirShartnoma har bir davlatning vakillari boʻlgan — tashqi ishlar vazirlari yoki ularning vazifasini bajaruvchi shaxslar tomonidan imzolandi:
- Belarus tomonidan — Pyotr Kravchenko,
- Qozogʻiston tarafidan — Tulegen Jukeyev,
- Rossiya tomonidan — Andrey Kozirev,
- Ukraina tomonidan — Anatoliy Zlenko,
- AQSh tomonidan — James Baker.
Yana qarang
tahrir- Yadro qurolini tarqatmaslik toʻgʻrisidagi shartnoma
- Xalqaro atom energiyasi agentligi
- Yadroviy qurol
- Budapesht memorandumi
Manbalar
tahrir- ↑ „Соглашение о совместных мерах в отношении ядерного оружия“. 2019-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-oktyabr.
- ↑ „«Радикальное сокращение стратегических вооружений — выбор сделан», observer.materik.ru“. 2019-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-oktyabr.
- ↑ 3,0 3,1 „Лиссабонский протокол“. 2017-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-oktyabr.
- ↑ „ЗАЯВА Про без’ядерний статус України“. 2019-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-yanvar.
- ↑ „Киев требует дополнительных гарантий безопасности“. 2019-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-oktyabr.
- ↑ Верховная Рада Украины. „Про приєднання України до Договору про нерозповсюдження ядерної зброї від 1 липня 1968 року“. zakon.rada.gov.ua (1994-yil 16-noyabr). 2020-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-fevral.
- ↑ „СНВ-1: как Москва и Вашингтон учились доверять друг другу“. 2019-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-oktyabr.
Havolalar
tahrir- „Протокол к Договору о сокращении и ограничении стратегических наступательных вооружений“ (ru) (TXT). СНВ-сайт. 2022-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-avgust.
- „Протокол к Договору о сокращении и ограничении стратегических наступательных вооружений“ (ru) (PDF). официальный сайт ООН. 2007-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-avgust.
- „Protocol to the Treaty on the reduction and limitation of strategic offensive arms“ (en) (PDF). Госдепартамент США. 2022-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-avgust.