Lisunov koʻchasi (Toshkent)
Lisunov koʻchasi — umumiy uzunligi qariyb 220 metr boʻlgan koʻcha, shaharning sharqiy qismida, Toshkent shahri Yashnobod tumani Yashnobod mahallasi hududida joylashgan. Sovet samolyot konstruktori, polkovnik muhandisi va Li-2 samolyotini ishlab chiqarish tashkilotchisi Boris Pavlovich Lisunov sharafiga nomlangan[1].
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Yashnobod |
Uzunligi | 220 m |
Boshlanish koordinatalari | 41°17′50″N 69°20′31″E / 41.297208°N 69.341977°E |
Tugash koordinatalari | 41°17′47″N 69°20′40″E / 41.296403°N 69.344370°E |
Kim sharafiga nomlangan | Boris Lisunov |
Kesishgan koʻchalari | Qorasuv koʻchasi, Aviasozlar 2-tor koʻchasi |
Koʻchada joylashgan binolar | Koʻp qavatli uylar, Yashnobod tuman MIB |
Kesishgan koʻchalar
tahrirQorasuv koʻchasidan boshlanib, Aviasozlar 2-tor koʻchasida tugaydi. Aviasozlar 5- va 6-tor koʻchalariga parallel ravishda oʻtadi.
Binolar
tahrirUylarni raqamlash faqat chap tomonda amalga oshiriladi va bu yerda 5, 6, 7 va 8- koʻp qavatli uylar joylashgan. Oʻng tomonida Yashnobod tuman Majburiy ijro byurosi joylashgan.
Tansport
tahrirEng yaqin avtobus bekati boʻlmish Lisunov kinoteatri bekati Qorasuv koʻchasida joylashgan. Turkiston koʻchasida joylashgan Temir yoʻl vokzali va Toshkent metro bekati ushbu koʻchadan 8 km ga yaqin masofa oraligʻida joylashgan. Islom Karimov ko‘chasidagi TMU (TSUM) va „Toshkent“ avtovokzallari esa qariyb 8,4 km masofada joylashgan. Aeroport taxminan 10 km masofada joylashgan. Parkent koʻchasidadagi Ohangaron metro bekati (2-bekat) 800 metrga yaqin masofada joylashgan.