Litva tili
(Lit tilidan yoʻnaltirildi)
Litva tili — litvalarning milliy tili. Hind-yevropa tillari oilasining boltiq tillari guruhiga mansub. Asosan, Litvada tarqalgan. Litva tilida 2,924 million, chet elda 0,4 milliondan ortiq (1992) kishi gaplashadi. Litva tili jyamayt (quyi litva) va aukshtayt (yuqori litva, bu lahja adabiy Litva tiliga asos boʻlgan) lahjalariga boʻlinadi. Bu tilning qadimgi yozma yodgorliklari 16—17-asrlarga oid liniy kitoblardir. Litva tilida qadimgi Emtonglarning koʻpligi, ohangdor urgʻuning mavjudligi uning fonetik xususiyatlaridir. Litva tili lotin alifbosi asosidagi yozuvga ega (16-asrdan)[1].
Litva tili | |
---|---|
Milliy nomi | lietuvių kalba |
Mamlakatlar | Litva |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 3.000.000 |
Turkumlanishi | |
Til oilasi | Hind-yevropa |
Alifbosi | lotin |
Til kodlari | |
ISO 639-1 | lt |
ISO 639-2 | lit |
ISO 639-3 | lit |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |