Litr
Litr (fransuzcha: litre, lotincha: litra) — metrik oʻlchov sistemasida hajm va sigʻim oʻlchov birligi. Qisqacha l bilan belgilanadi. Oʻlchovlar va tarozilar boʻyicha Bosh anjuman 1964-yilda 1l=1 dm3=0,001 m3 deb qabul qilgan. L.ning avvalgi qiymati 1,000028 dm3 ga teng boʻlgan. 1 l — bosimi 760 mm simob ustuniga teng boʻlgan va eng katta zichlik (temperaturasi 4°)dagi 1 kg kimyoviy sof suvning hajmiga teng.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |