Lochin koʻchasi — Uchtepa tumanining „Nishabariq“ va „Shofayzibogʻ“ mahallalari hududida. Kichik halqa yoʻli va Ibrat koʻchasi oraligʻida joylashgan. Uzunligi 2,2 km.

Lochin koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Uchtepa
Uzunligi 2.2 km
Avvalgi nomlari A.Tojiev koʻchasi

Toshkent zilzilasidan soʻng tashkil topgan. Yangi tashkil etilgan koʻchaga 1966-yil 27-dekabrda Lochin, 1980-yil 10-yanvarda A.Tojiev nomi berilgan. 2007-yil 2-avgustdan koʻchaning dastlabki nomi tiklangan[1].

Yoʻnalishida Xondamir, Durbek, Dilkash, Dadil, O.Jalilov va Asqad Muxtor koʻchalari bilan kesishgan. Tarkibida 6 ta tor koʻcha bor. Yoʻnalishida, asosan, shaxsiy turar joy binolari, bogʻcha, savdo shoxobchalari, mahalla guzari joylashgan.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.