Logʻon svitasi
(Log‘on svitasidan yoʻnaltirildi)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
LOGʻON (LYAKON) SVITASI (Isfara yaqinidagi qishloq nomidan) — Fargona neft-gaz provinsiyasiga mansub stratigrafik boʻlinma, quyi boʻr qatlamlarining alb yarusida joylashgan. Bu svita stratigrafiyasi bilan O. M. Akramxoʻjayev va M. S. Saydaliyeva shugʻullangan. Svita yotqiziqlari oqish, kulrang va pushti ohaktoshlardan iborat. Baʼzi joylarda ohaktoshlar dolomitlashgan. Ular orasida oz miqsorda qizil gil va alevrolit qatlamlari uchraydi. Andijon guruh konlarida gil aralash qumtoshlardan tashkil topgan. Qumtoshlar mayda donali, yashil rangli. Qalinligi Isfara yaqinida 63 m, Quvasoyda 59 m, Soʻxda 25 m, Andijon guruh sturukturalarida 80–95 m, Qoraolmada 212 m, Qurshob botigʻida 161 m va hokazo.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |