Bahor

yil fasllaridan biri
(Lohataonadan yoʻnaltirildi)

Bahor fasli, toʻrt fasldan biri boʻlib qish va yoz fasllarining oʻrtasida joylashgan fasldir. Bahor fasli 3 oydan iborat: Shimoliy yarimsharda — mart, aprel maydan, janubiy yarimsharda esa sentyabr, oktyabr va noyabrdan.

Bahorda gullagan gilos daraxti
Argentinaning bahor boshlanishi kuni quvonch, energiya va nekbinlik ramzi sifatida sariq gullar berish odati ko'plab mamlakatlarda tarqaldi.

Bahorda daraxtlar gʻuncha tugishga, havo asta-sekin isishni boshlaydi. Bu faslda qish faslida yogʻib oʻtgan qorlarning erishi va juda koʻp miqdorda yomgʻir, doʻl kabi yogʻinlarning yogʻishi suv omborlarini, koʻl va koʻlmaklarning toʻlishiga sabab boʻladi. Chaqmoq va Momoqaldiroq kabi tabiat hodisalari ham eng koʻp bahor faslida roʻy beradi. Bahor faslida yogʻinlarning va baʼzi tabiat hodisalarining koʻp miqdorda sodir boʻlishi baʼzi oʻlkalarda toshqin, sel va yongʻin kabi falokatlarga sabab boʻladi.

Taqvimiy bahorga qaraganda, astronomik bahor kechroq, yaʼni yozgi va tengkunlikda (shimoliy yarimsharda 20 yoki 21-mart, janubiy yarimsharda 22 yoki 23-sentyabrda) keladi va yozgi quyosh turishi (shimoliy yarimsharda 20 yoki 21-iyun, janubiy yarimsharda 21 yoki 22-dekabrda) boshlanadi.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir


Fasllar
Qish | Bahor | Yoz | Kuz