Lois Wilson (aktrisa)
Lois Wilson – (1894-yil 28-iyun, Pennsilvaniya shtatining Pittsburg (Kansas) shahri — 1988-yil 3-mart, Reno (Nevada)) amerikalik aktrisa[1]. U rejissyor va ssenariychi sifatida ham faoliyat yuritgan.
Lois Wilson | |
---|---|
1920-yilda Wilson | |
Tavalludi |
1894-yil 28-iyun Pittsburgh, Pennsylvania, U.S. |
Vafoti |
1988-yil 3-mart Reno, Nevada, AQSH |
Fuqaroligi | AQSH |
Kasbi | Aktrisa |
Faoliyat yillari | 1915–1952 |
Yoshligi
tahrirAktrisa Pennsilvaniya shtatining Pittsburg (Kansas) shahrida tugʻilgan[2]. Lois hali juda yosh boʻlganida, oilasi Alabamaga koʻchib oʻtishadi. U Alabama Normal kollejini (hozirgi West Alabama universiteti) tamomlagan va boshlangʻich sinf oʻquvchilariga dars bergan. Biroq, keyinchalik, kinofilmdagi faoliyatini davom ettirish uchun oʻqituvchilikni tark etgan.
1915-yilda Wilson Universal Studios va Birmingham News tomonidan oʻtkazilgan goʻzallik musobaqasida gʻolib boʻlganidan soʻng Kaliforniyaga koʻchib oʻtgan[3]. Ushbu musobaqa Miss Alabama / Miss Amerika musobaqa tizimining oldingi shakli edi va Wilson birinchi Miss Alabama deb tan olingan. U Gollivudga qaytgach aktrisalik bilan shugʻullanishni davom ettirgan hamda Victor Film kompaniyasi tomonidan bir nechta kichik film rollari uchun ishga qabul qilingan.
1916-yilda Chikagoga tashrif buyurgan, u yerda mashhur balet raqqosasi Anna Pavlova bilan birgalikda rol ijro qilgan. Shuningdek, Chikagoda „The Dumb Girl of Portici“ filmida unga kichik rolni bergan film rejissyori, pioneer ayol Lois Veber bilan uchrashgan[4]. Keyin Veber uni Los-Anjelesga olib borgan, Lois Los-Anjelesda yulduzlikka tayyorlangan va J. Warren Kerrigan hamda Frank Keenan kabi aktyorlar bilan bosh rollarda oʻynashni boshlagan[5][6].
Ish faoliyati
tahrirTurli studiyalardagi bir nechta filmlarda rollari bilan ishtirok etganidan soʻng, Wilson 1919-yilda Paramount Pictures kompaniyasiga joylashtirilgan va 1927- yilgacha shu yerda ishlagan[7]. Uning eng taniqli ekran tasvirlari „The Covered Wagon“ (1923) filmidagi Molly Wingate[8], shuningdek, Silent filmda „Great Gatsby“ dagi Daisy Buchanan rollari orqali yaxshi deb baholangan[9]. Lois Rudolf Valentino va Jon Gilbert kabi erkak yulduzlarga partnyor boʻlib rol ijro etgan[10].
Muvaffaqiyatli rol ijro etishiga qaramay, Wilson 1930-yillarda oʻynagan rollaridan mamnun boʻlmagan va 1939-yilda atigi uchta filmda rol ijro etgan, soʻngra 1941-yilda nafaqaga chiqqan. Wilson 1951-yilda „The Guiding Light“ va „The Edge of Night“ seriallarida ishtirok etgan. U rollarida oʻzining aksariyat xususiyatlarini tasvirlagan[11]. Lois 1948-yilda WPIX TV-shousida qadrdon doʻsti Gloria Swanson bilan birga koʻrsatuv mehmoni boʻlgan[12]. Wilson 1926-yilda „Philadelphia Sesquicentennial Celebration“dagi „Amerika dunyoni kutib oladi“ rasmiy plakatining modeli edi[13]. 1934-yilda uning „No Greater Glory“ filmidagi ijrosi Birminghamda (Alabama) Jahon tinchligi kuninini nishonlash uchun yaratilgan[14].
Shaxsiy hayoti
tahrirU „koʻngilchan ayol“ deb tasvirlangan, ammo, haqiqiy hayotda hech qachon turmush qurmagan. Aktrisa „Goʻzallik va madaniyatda Amerikalik qiz obrazining yaqqol namunasi“, deb tasvirlangan. Swanson 1981-yilda oʻz biografiyasida shunday deb yozgan: „Loisda haqiqiy yulduzlik sifati bor edi. U hech qachon ishlashdan toʻxtamagan“[15].
Vafoti
tahrirLois Wilson 93 yoshida Reno, Nevada joylashgan Riverside kasalxonasida zotiljam xastaligi tufayli vafot etgan. Uning dafn marosimi California City (California Beverly Hills) shahridagi the Good Shepherd cherkovida oʻtkaziladi. Aktrisa cherkov yaqinida joylashgan Glendale shahridagi „Forest Lawn Memorial Parki“da dafn etilgan[16].
Havolalar
tahrir- Lois Wilson IMDbda
- Lois UilsonbilanInternet Broadway maʻlumotlar bazasi
- Biodata, allmovie.com
- Lois Uilsondan rasmlar va adabiyotlar
Manbalar
tahrir- ↑ name=„Lois Wilson, Actress of Stage, Television and Silent-Film Era“. The New York Times. Associated Press (1988-yil 10-mart). Qaraldi: 2012-yil 31-avgust. „Lois Wilson, an actress who appeared in more than 100 early films including the 1923 Western epic The Covered Wagon, died of pneumonia on March 3 at Riverside Hospital for Skilled Care. She was 93 years old.“.
- ↑ Katchmer, George A.. A Biographical Dictionary of Silent Film Western Actors and Actresses (en). McFarland, 2015-05-20. ISBN 978-1-4766-0905-8.
- ↑ „Lois Wilson“. The Moving Picture World (inglizcha). 27-jild. February 26, 1916. 1303-bet. Qaraldi: December 27, 2021.
- ↑ Who's Who on the Screen (en) Fox: . New York: Ross Publishing, 1920 — 316-bet.
- ↑ „Lois Wilson“. GoldenSilents.com. Qaraldi: 2015-yil 31-iyul.
- ↑ „Several Bluebirds to Make a Summer“. The Moving Picture World (inglizcha). July 1, 1916. 75-bet.„The Silent Battle (Bluebird)“. Moving Picture World and View Photographer. July 18, 2016. 271-bet.„The Silent Battle“. Moving Picture World and View Photographer. July 22, 1916.
- ↑ „Screen Beauties of "Paramount" Importance“. Theatre Magazine (inglizcha). August 1926. 36-bet. Qaraldi: December 27, 2021.
- ↑ Hall, Mordaunt. „THE SCREEN; Texas Cattlemen“ (en-US). The New York Times (1924-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 11-mart.
- ↑ Hall, Mordaunt. „Gold and Cocktails“ (en-US). The New York Times (1926-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 11-mart.
- ↑ Slide, Anthony. Silent Players: A Biographical and Autobiographical Study of 100 Silent Film Actors and Actresses (en). University Press of Kentucky, September 27, 2002. ISBN 978-0-8131-2249-6.
- ↑ Irvin, Richard. The Early Shows: A Reference Guide to Network and Syndicated PrimeTime Television Series from 1944 to 1949 (en). BearManor Media, 2018-02-23. ISBN 978-1-6293-3241-3.
- ↑ Swanson, Gloria. Swanson on Swanson. New York City: Pocket Books, 1981. ISBN 9780671433543.
- ↑ Ristine, James D.. Philadelphia's 1926 Sesqui-Centennial International Exhibition. Charleston SC: Arcadia Press, 2009 — 2-bet. ISBN 978-0-7385-6544-6.
- ↑ „Lois Wilson sculpture 1934“. The Birmingham News (1934-yil 4-may), s. 28. Qaraldi: 2020-yil 11-mart.
- ↑ name=Swanson, Gloria. Swanson on Swanson. New York City: Pocket Books, 1981. ISBN 9780671433543.
- ↑ „Lois Wilson, Actress of Stage, Television and Silent-Film Era“. The New York Times. Associated Press (1988-yil 10-mart). Qaraldi: 2012-yil 31-avgust. „Lois Wilson, an actress who appeared in more than 100 early films including the 1923 Western epic The Covered Wagon, died of pneumonia on March 3 at Riverside Hospital for Skilled Care. She was 93 years old.“.